Andijon Davlat
Universiteti
HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI
2018-12-21    4186

Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov "Vatanparvarlik oyligi" doirasida Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida viloyat hokimi universitet talabalari bilan “Hokim va yoshlar” uchrashuvini o’tkazdi. Uchrashuv samimiy ochiq davra suhbati tarzida tashkil etildi.

Viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov o’z so’zida bugungi kunda yurtimizda ta’lim tizimini takomillashtirish, zamonaviy kadrlar tayyorlashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilganligi, ayniqsa, Prezidentimizning “2017-2021-yillarda Oliy ta'lim tizimini kompleks rivojlantirish Dasturi to’g’risida”gi Qarori qabul qilinganligi yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishda katta qadam bo’lganini aytib o'tdi. Prezidentimizning kadrlar masalasida o’tkazgan so’nggi yig’ilishida “...kadrlar masalasi bizning kelajagimiz, ertangi kunimiz” ekanligiga urg’u berilgani bejiz emasligi ta’kidlandi. Viloyat hokimi talabalarni chuqur bilim olishga, chet tillarini qunt bilan o’rganishga, xorijdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida maqsadli tahsil olib qaytib, vatanimiz ravnaqiga hissa qo’shishga da’vat qildi.

Shuningdek, viloyat hokimi yoshlar o'rtasidagi munosabatlar, Andijondagi o'zgarishlar va kutilayotgan natijalar haqida so'zlashib, talabalarning takliflarni eshitdi. Ushbu takliflarni amalga oshirish yuzasidan mutasaddilarga o'zining qo'shimchalari bilan tegishli ko'rsatmalar berdi. Universitet talabalari tomonida ilgari surilgan 2019-yilni Andijonda "Yoshlarni vatanparvarlik muhabbatini oshirish yili" deb nomlash taklifi SH.Abdurahmonov va tadbirning boshqa ishtirokchilari tomonidan olqishlar bilan kutib olindi. Universitetda tashkil etilgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvi xar tomonlama foydali va mahsuldor o’tdi. Ushbu uchrashuv uchun Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonovga universitet ma’muriyati tashakkur bildiradi.

Sharofiddin Hoshimjonov
ADU matbuot kotibi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.