Andijon Davlat
Universiteti
XUSHXABAR!!! “ANDIJON YOSHLARI” DOIMO OLDINGI SAFLARDA
2018-12-18    3760

 

Bizni doimo yuqori o‘rinlar bilan tabriklashimizga o‘rgatib qo‘ygan Andijon davlat universitetining ''Andijon yoshlari'' jamoasi Tafakkur sinovlari Respublika ko‘rik tanlovining final bosqichida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. "Andijon yoshlari" jamoasi "Tafakkur sinovlari" Respublika ko'rik-tanlovi tarixida hozirgi kunga qadar eng sovrindor jamoa bo’lib turibdi. Jamoa 2016-yil 1-o'rinni, 2017-yil 3-o'rinni, 2018-yilda esa yana 3-o'rinni qo’lga kiritdi.

Buning zamirida universitet rektori A.S.Yuldashev, yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor A.Hamraqulov, Ma’naviyat bo’limi boshlig’i A.Akbarov, O’zbekiston yoshlar ittifoqi ADU boshlang’ich tashkiloti yetakchisi E.Xolmirzayev, Fuqarolik jamiyati nazariyasi kafedrasi professor-o’qituvchilari A.Badalov, Y.Jahongirov, Z.Hayitmatovlarning e’tibori va mehnati, jamoa a’zolari: Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti talabalari Jumayev Sarvarbek, Turdialiyev Ismoiljon, Inomjonov Zahiriddin, Tohirov Shohjahon, Filologiya fakulteti talabalari Mamasoliyeva Me’rojxon, Turg’unboyeva Nurxon, Odiljonova Kamola, Azizova Diyora, Chet tillar fakulteti talabalari Yaxshiboyev Ahrorbek, Yaxyoyev Muhammadjon va jamoaning boshqa jonkuyarlari mehnati, zahmati va sabr-qanoati yotibdi.

Bu bilan jamoa a'zolarini, ularni tayyorlanishida mehnati singgan barcha ustozlarni tabriklaymiz! Doimo oldingi saflarda bo‘ling ''Andijon yoshlari''!!!

Ahmadjonov To'lqinboy
Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti yoshlar ittifoqi yetakchisi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.