Andijon Davlat
Universiteti
VATANNI MADH ETIB...
2018-12-14    4994

O'zbekistonda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari va asosiy prinsiplari asosida ishlab chiqilgan Vazirlar Mahkamasining ''Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash Konsepsiyasi''da belgilangan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida, Andijon viloyati hokimligi tashabbusi bilan e'lon qilingan haftaning har juma ''Harbiy vatanparvarlik kuni'' doirasida Andijon davlat universitetida O'zbekiston yoshlar ittifoqi ADU boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan muddatli harbiy xizmatni o'tab o'qishga qabul qilingan talaba yoshlar hamda ADU qoshidagi akademik litsey harbiy kafedrasi kursantlari bilan birgalikda harbiy parad uyushtirildi. Paradda muddatli harbiy xizmatni o'tagan talabalar hamda harbiy kafedra kursantlari universitet xududida vatanni madh etuvchi harbiy qo'shiqlar kuylab, saf tortdi. Ushbu tadbir ishtirokchilarda vatanga muhabbat, milliy g’urur, faxr tuyg’ularini shakllantirishiga ishonamiz. Quyida ushbu tadbirdan lavhalarni taqdim etamiz.

 

  

A.A.Zokirjonov
www.adu.uz sayti muxbiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.