Andijon Davlat
Universiteti
FAKULTETIMIZ YUTUQLARI
2018-12-13    8012

Andijon davlat universiteti pedagogika fakultetida talaba va professor-o‘qituvchilar ishtirokida rItual bo‘lib o‘tdi. Unda asosiy e’tibor “Vatanparvarlik oyligi” e’lon qilinganligiga qaratilgan bo’lib, erta tongdan madhiyamiz talabalar tomonidan ijro etildi. Shuningdek o’tgan hafta davomida fakultet jamoasi tomonidan  erishilgan muvaffaqiyatlar e’lon qilindi. Jumladan, TSMG ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Mukarramoy Rasulova 9-dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Eng yaxshi insho” tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, Adliya boshqarmasining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandi.

Shu bilan birga Andijon shahar qo‘g‘irchoq teatrida Yoshlar ittifoqi hamkorligida o‘tkazilgan QVZ jamoalarining final bosqchida fakultetning “Pozitiv” jamoasi 1-o‘rinni egallab, diplom va 1000000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandilar. BTSTI ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Durdona Xo‘jamberdieva tanlovda “Eng quvnoq qiz” nominatsiyasi g‘olibiga aylandi.

TSMG ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Sharofat Abduvalieva va BTSTI ta’lim yo‘nalishi 2-bosqchi talabasi Malohatoy Abduvalievalara Antaliyada bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy anjumanda maqolalari bilan ishtirok etib, xalqaro konferensiyaning sertifikati bilan taqdirlandilar. Talabalarni fakultet dekani Ch.T.Shokirova taqdirladi.  Talabalar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirish maqsadida bir qancha tanlovlar e’lon qilindi:

“Eng yaxshi davlat madhiyasi ijrochilari”;

“Eng yaxshi she’r va insholar tanlovi”;

“Ertaklar-yaxshilikka yetaklar”;

“Eng  yaxshi rasmlar tanlovi”;

“Eng yaxshi qo‘l mehnati namunalari”.

Omonboyeva Muxlisa
Pedagogika fakulteti 1-bosqich talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.