Andijon Davlat
Universiteti
YANGI YILGA BAG'ISHLANGAN MUSOBAQA
2018-12-13    3741

Andijon davlat universitetida professor-o‘qituvchilar o‘rtasida Yangi yil bayramiga bag‘ishlab fakultetlararo Arqon tortish sport turi bo‘yicha sport musobaqasi o’tkazildi.

Musobaqa joriy yilning 13 dekabr kuni Andijon davlat universiteti  jismoniy madaniyat fakulteti futbol maydonida o‘tkazildi.

Ushbu musobaqada Pedagogika, Chet tillar, Tarix, Fizika-matematika, Tabiiy fanlar, Ijtimoiy iqtisodiyot, Jismoniy madaniyat fakultetlari jamoasidan tashkil topgan 80 dan ortiq professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra faxrli birinchi o’rinni Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi egalladi. Ikkinchi o’rin esa Fizika-matematika fakulteti jamoasi qo’lga kiritdi. 3-o‘rin esa Pedagogika, Tarix fakultetlari jamoalariga nasib etdi. Musobaqalar ko'tarinki kayfiyatda o'tkazildi.                    

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                                  

 

                          

Q.Mamadaliev
Jismoniy madaniyat fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.