Andijon Davlat
Universiteti
SPORT – SOG’LIK GAROVI
2018-12-11    3875

Andijon viloyati oliy ta’lim muassasalarida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda O’zbekiston Respublikasi Madhiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-sentabrdagi “Ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 736-son qarorining 10-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ommaviy sport-sog‘lomlashtirish musobaqalari o‘tkazildi.

Musobaqalar 2018-yil 27-noyabrdan 7-dekabrgacha sportning 5 turi bo‘yicha o‘tkazildi. Musobaqa baxs va munozaralarga boy, qizg‘in hamda yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Xar bir jamoa g‘oliblik uchun bor kuch imkoniyatlarini namoyon etdilar. Qizg’in bahslar yakunida sport turlari bo’yicha g’oliblar aniqlandi.

Stol tennis bo’yicha 1-o’rinni Andijon davlat universiteti, 2-o’rinni Andijon davlat tibbiyot instituti, 3-o’rinni Andijon davlat mashinasozlik instituti jamoalari qo’lga kiritdi.

O’g’il bolalar o’rtasida voleybol sport turi bo’yicha Andijon davlat universiteti jamoasi birinchi, Andijon davlat mashinasozlik instituti jamoasi ikkinchi, Andijon davlat tibbiyot instituti uchinchi o’rinni qo’lga kiritdilar. Qizlar o’rtasida esa Andijon davlat universiteti, Andijon davlat tibbiyot instituti, TDAU Andijon fililiali jamoalari mos ravishda 1-2-3-o’rinlarni qo’lga kiritdilar.

Mini futbol bahslarida esa o’yinlar juda shiddatli o’tdi. O’g’il bolalar o’rtasida birinchi o’rinni TDAU Andijon fililiali jamoasi, qiz bolalar o’rtasida esa Andijon davlat universiteti egalladilar. Ikki toifa bo’yicha ikkinchi o’rinni Andijon davlat mashinasozlik instituti jamoasi qo’lga kiritdi. Uchinchi o’rin o’g’il bolalar o’rtasida Andijon davlat universiteti, qizlar o’rtasida Andijon davlat tibbiyot instituti jamoalariga nasib etdi.

 Basketbol sport turida ham o’yinlar juda qizg’in o’tdi. O’g’il bolalar va qiz bolalar o’rtasidagi bahslarda bir xil natijalar qayd etildi: birinchi o’rinni Andijon davlat universiteti, ikkinchi o’rinni Andijon davlat tibbiyot instituti, uchinchi o’rinni Andijon davlat mashinasozlik instituti jamoalari qo’lga kiritdilar.

   

Qo’l to’pi sport turida ham o’gil bolalar va qiz bolalar jamoalari bir xil natija kuzatildi: Andijon davlat universiteti jamoasi birinchi, Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi ikkinchi, Andijon davlat mashinasozlik instituti esa uchinchi o’rinni jamoalari egalladilar.   

        

Musobaqada g‘olib bo‘lgan jamoalarni Andijon viloyati oliy ta’lim muassasalari Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektorlari A.Hamraqulov, N.Ikromov, P.Asxanov, M.Botirov, fakultet dekani B.Nosirov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Q.Mamadaliev, FJMS kafedrasi mudiri R.Isaqovlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladilar.       

 

 

Q.Mamadaliev
Jismoniy madaniyat fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.