Bugun davlat ramzlarimizdan biri bo'lmish, O'zbekistonimiz madhiyasi qabul qilingan kun. Universitetimizning pedagogika fakultetida ham darslar har kungidan o'zgacha. Boshlang'ich va maktabgacha ta'lim kafedrasi o'qituvchisi Madinaxon Tairovaning dars mashg'ulotlarini kuzatdik.
Dastavval, boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 103-guruh talabalari saf tortishib, millat madhiyasini jo'r bo'lib kuyladilar, bugungi bayram bilan bir-birlarini qutladilar. Madhiyamiz muallifi va bastakori, ushbu davlat ramzi to'g'risidagi 1992-yilda qabul qilingan qaror yodga olindi. Ular madhiyamizdagi har-bir satrlarini bir-bir sharhlab o'tdilar.
...Har kuni ertalab madhiyamiz yangragan holda yangi kunni kutib olamiz, Vatanimizning asosiy qo'shig'i bizga milliy g’urur, ruhiy quvvat, mustahkam iroda baxsh etadi. Bu esa o'z navbatida darslarning samaradorligiga ham ijobiy ta'sir qiladi - deydi guruh murabbiyi Madinaxon Tairova.
Albatta, talabalarning ko'zlarida porlagan uchqun, Vatanimiz ramzlariga bo'lgan chuqur xurmat va uni ardoqlashlarini ko'rib ertangi kunga ishonchimiz yanada mustahkamlanadi.
Jonajon madhiyam – qalbim qo’shig’i, tinch-farovon yutimda baralla yangrayver, doim, har qachon!
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI