Andijon Davlat
Universiteti
QUVNOQLAR VA ZUKKOLAR
2018-12-10    7449

Respublikamiz oliy ta’lim muassasalari o’rtasida har yili an’anaviy ravishda o’tkazib kelinayotgan «Quvnoqlar va zukkolar» ko’rik tanlovining ichki saralash bosqichi Andijon davlat universitetida ham bo’lib o’tdi.

Eslatib o’tamiz saralash bosqichida pedagogika fakultetining «Pozitiv», fizika va matematika fakultetining «Ideal», jismoniy madaniyat fakultetining «O’zbekona» hamda tarix fakultetining «Oligarx» jamoalari o’zaro bellashgandilar.

Uzoq  bahs va bellashuvlardan so’ng yakuniy natijalar quyidagicha bo’ldi: 1-o’rin  «Pozitiv» jamoasiga nasib etdi. Ular shuningdek 1 million so’mlik pul mukofotini qo’lga kiritdilar. 2-o’ringa  loyiq deb topilgan «Oligarx» jamoasi 500 ming so’mlik pul mukofoti bilan taqdirlandilar. 3-o’rinni  «Ideal» jamoasi qo’lga kiritdi va 200 ming so’mlik pul yutug‘iga ega bo’ldi. Va nihoyat, 4-o’rin «O’zbekona» jamoasiga nasib etdi.

Biz esa g‘alabani qo’lga kiritgan «Pozitiv» jamoasini chin qalbimizdan tabriklaymiz. Qolgan ishtirokchilarga esa bir narsani eslatib o’tmoqchimiz, o’yinda asosiysi g‘alaba emas, balki  ishtirokdir.

Omonboyeva Muxlisa
Pedagogika fakulteti 1-bosqich talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.