Malaka oshirish uchun joylar: 30 tagacha
Moliyalashtirish:
O‘zbekistondan Germaniyaga borib kaytish samolyot harajatlari “El-yurt umidi” fondi tomonidan qoplanadi. Shu bilan birga aeroportdan malaka oshirish joyigacha ketadgan transport xarajatlari ham qoplanishi ma’lum qilinadi.
Germaniya Iqtisodiyot Sharqiy Qo‘mitasi viza olishda ko‘maklashadi.
Malaka oshirish vaqtida ketadigan harajatlar (yashash, sug‘urta, oylik ish xaqi/ imtiyozlar) Germaniya kompaniyasi tomonidan qoplanadi.
Saralash bosqichi: Tanlovda saralash ikki bosqichdan iborat bo‘lib – ariza topshirish, Germaniya kompaniyasi vakili bilan suhbat.
Birinchi bosqichda ariza topshirib, kerakli hujjatlarni taqdim qilish va anketa to’ldirish lozim.
Birinchi bosqich natijalariga ko‘ra suhbatdan o‘tgan talabgorlar tanlanadi.
Oxirgi bosqichda esa, suhbat natijasiga ko‘ra talabgorlar Germaniya kompaniyasi tomonidan malaka oshirishni o‘tash uchun taqsimlanadi.
Talabgorlardan talab etiladi:
- Loyiha faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqorolari uchun;
- Ingliz va nemis tillarida erkin so‘zlasha olishi kerak;
- Talabgorlar 22 yoshdan kichik bo‘lmasliklari
- Malaka oshirish loyihasida O‘zbekistonning Oliy ta’lim muasasalarida magistraturada o‘qiyotgan talabalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin:
- iqtisodiyot;
- biznes-boshqaruvi;
- muxandislik ishi (ishlab chiqarish, texnolog, energetik, mexanik, zavod xodimi, tog‘-kon sanoati, aerokosmik xodim);
- huquq;
- axborot texnologiyalari;
- buxgalteriya ishi;
- arxetektura va qurilish;
- iqtisodiyot jurnalistikasi;
“El-yurt umidi” jamg‘armasining www.eyuf.uz va Germaniya Iqtisodiyot Sharqiy Qo‘mitasining www.oaoev.de rasmiy saytida onlayn ariza to‘ldirish uchun xavolalar joylashtirilgan. Qo‘shimcha murojat uchun Xalqaro aloqalar bo‘limiga (+998902172076) murojat etishingiz mumkin.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI