Universitetimizning pedagogika fakultetida ham Bosh qomusimiz bo'lgan Konstitusiyamizning qabul qilinganligining 26 yil to'lganligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Tadbirni pedagogika fakulteti dekani Ch.Shakirova ochib berdi. Talaba va o'qituvchilarni qomusimizning tavallud kuni bilan qutladi. Shuningdek tadbirga dekan o'rinbosarlari Q.Nuriddinov, B.Haqberdiyev, BMT kafedra mudiri D.A.Nurmonovalar tashrif buyurdilar. Ular ham barchani tabriklab, o'zining fikr-mulohazalarini bildirib o'tdilar. Shundan so'ng, Madinaxon Tairova so'z olib, bugungi kundagi siyosiy islohotlar, talabalarning vatan tuyg'usini oshirish borasida o'zining ilmiy-metodik tavsiyalarini berib o'tdi.
Boshlang'ich va maktabgacha ta'lim kafedrasi o'qituvchisi Madinaxon Tairova tashabbusi bilan BTSTI 103 - guruh talabalari "Biz konstitusiyamizni bilamizmi?" nomli debat o'tkazdilar. U yanada qiziqarli o'tishi uchun debat doirasida moddalarni devoriy gazetada aks ettirish shartlari, konstitusiyaviy savodhonlikni targ'ib qilivchi sahna ko'rinishlari ham yig'ilganlar e'tiboriga havola etildi.
Debat muzokalarga boy, qizg'in tarzda kechdi. Yig'ilganlarning huquqiy saviyasi yana bir bor ozuqa oldi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI