Andijon Davlat
Universiteti
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI – ERKIN VA FAROVON HAYOTIMIZNI BARPO ETISHNING MUSTAHKAM POYDEVORI
2018-12-07    3957

Andijon davlat universitetida 8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yillik munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – erkin va farovon hayotimizni barpo etishning mustahkam poydevori” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. Anjumanda universiteti rektori A.S.Yuldashev, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori B.M.Rasulov, Andijon viloyat fuqarolik sudining sudyasi I.G.Azizov, Andijon viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari S.B.Xakimov, M.A.Sodiqov, universitet professor-o’qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdilar.

Universitet rektori A.S.Yuldashev anjumanni ochib berar ekan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi  adolatlilik, insonparvarlik, bunyodkorlik g’oyalari bilan yo’g’rilganligi, xalqchillik prinsiplari asosida ishlab chiqilganligi, shu bois erkin va farovon hayot barpo etishimizda mustahkam poydevor sifatida xizmat qilayotganligini e’tirof etdi.

Andijon viloyat fuqarolik sudining sudyasi I.G.Azizov so’zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligi bilan anjuman ishtirokchilarini tabrikladi. Ma’ruzachi sud hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari mavzusida ma’ruza qildi.

Anjuman davomida Andijon viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi S.B.Xakimov “Yosh avlod huquqiy himoyasida internet va axborot xavsizligi muammolari”, M.A.Sodiqov “Islom Karimov va O‘zbekistonning tinchlikparvar siyosati”, Andijon davlat universiteti dotsenti Sh.M.Asqarov “Birlashgan Millatlar Tashkiloti xonalarida - Inson huquqlari odilligi masalalarining vujudga kelishi tarixidan” mavzularida ma’ruza qilib, konferensiya ishtirokchilariga zaruriy ma’lumotlarni yetkazdilar va bugungi kunda yoshlarga yaratilib berilayotgan imkoniyatlar, ularning o‘qish va ilmiy izlanishlariga yetarlicha shart-sharoitlar yaratilib berilayotganligi haqida gapirib, talabalarga ana shunday imkoniyatlardan unumli foydalanish kerakligini uqtirib o‘tdilar.

Konferensiya ishida eng yaxshi maqolalar bilan qatnashgan yosh tadqiqotchilar va talabalar konferensiya tashkilotchilari tomonidan diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

 

      

 

O'.Muxtarov
MG’MAHT kafedrasi katta o’qituvchisi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.