Andijon Davlat
Universiteti
KONSTITUTSIYAMIZ - BAXTIMIZ QOMUSI
2018-12-06    3862

Ayni kunlarda yurtimizda bayram shukuhi. Andijon davlat universitetida ham mustaqilligimiz tayanchi, olib borilayotgan islohotlarimizning huquqiy asosi bo’lmish O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligining 26 yilligi keng nishonlanmoqda. Tabiiy fanlar fakulteti geografiya kafedrasi tashabbusi bilan Konstitutsiyamizning 26 yilligiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Tadbirda tabiiy fanlar fakulteti professor-o’qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdilar

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ijro etilishi bilan boshlandi. Tadbirni ochib berish uchun so‘zga chiqqan Tabiiy fanlar fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Y.B.Tursunov qatnashchilarni bayram bilan tabriklab, bugungi kunda kuchli huquqiy davlat barpo etish, adolatli fuqarolik jamiyatiga o’tishimizda Konstitutsiyamizning o’rni beqiyos ekanligi, xalq davlatning birdan bir manbailigi, uning markazida inson, uning erki, qadr-qimmati, sha’nini himoya qilish turishini bosh qomusimizda belgilangan huquqiy normalar orqali tushuntirib o’tdi.

Talabalar o‘zlari tayyorlagan Konstitutsiyaga bag‘ishlangan she’rlar o‘qidilar. Turli sahna ko‘rinishlari orqali  namoyish etdilar. Milliy maqomdagi raqs chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi. Bayram tadbiri ishtirokchilari o‘z badiiy chiqishlari va sahna ko‘rinishlari bilan tadbir qatnashchilarini xursand qildilar.

Tadbir yakunida Geografiya kafedrasi mudiri, dotsent R.B.Qodirov qatnashchilarni va tamoshabinlarni bayram bilan tabriklab, tadbir tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirib, tadbirni yakunlab berdi.

 

                                             

M.Payzullaev
Geografiya kafedrasi katta o‘qituvchisi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.