Andijon Davlat
Universiteti
SPORT - SOG’LIK GAROVI
2018-12-04    3335

2018-yil 26-noyabr – 1-dekabr kunlari Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakultetida 1-dekabr “OITSga qarshi kurash kuni” hamda 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan jismoniy madaniyat fakulteti o‘g‘il bolalalar guruhlari o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha “Fakultet kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa jarayonida fakultetining 1-4-bosqichlaridan iborat jami 13 ta guruh o‘zaro bellashdilar.

Musobaqa baxs va munozaralarga boy, qizg‘in hamda yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Xar bir jamoa g‘oliblik uchun bor kuch imkoniyatlarini namoyon etdilar. Musobaqa dasturi bo‘yicha g‘oliblar va jamoalar taqdirlandilar. Musobaqalar natijasi quyidagicha ko’rinish oldi: 1-o‘rin 102-guruh jamoasiga 2-o‘rin   402-guruh jamoasiga 3-o‘rin   205-guruh jamoasiga nasib etdi.

Musobaqada g‘olib jamoalarni fakultet dekani B.Nosirov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Q.Mamadaliev, FJMS kafedrasi mudiri R.Isaqovlar tabriklagan holda musobaqani tashkil etish va o‘tkazishda tashabbus ko‘rsatgani uchun FJMS kafedrasi o‘qituvchilari A.Xoliqov, A.Qo‘shmonovlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.

G‘olib jamoalar dekanat tomonidan tashkil etilgan qimmatbaxo esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Mamadaliyev Qudratbek
Jismoniy madaniyat fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.