Bu dunyoda kimningdir mehriga zor, yordamiga muxtoj odamlar juda ham ko’p. Bular imkoniyati chegaralangan insonlardir. Ularning o'z dunyo qarashi bor. Ular o'z dunyosini o’zlarining bo’yoqlari hamda o'zlarining ranglarida ko'radi. Lekin bunday insonlar ham qanday bo'lishidan qat’iy nazar jamiyatga foyda olib kelish uchun harakat qiladi. Biz bunday insonlarni chetlatib qo’ymasdan, balkim ularni hayotga bo'lgan qiziqishini orttirishimiz lozimdir.
Shunday maqsadni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan holda pedagogika fakulteti maktabgacha ta’lim yo'nalishi 106,102 guruh talabalari Andijon davlat universitetida faoliyat olib borayotgan «Ibn Sino» salomatlik markazi o’qituvchilari bilan hamkorlikda 53-ixtisoslashtirilgan bolalar bog‘chasiga tashrif buyurdilar. Ushbu muassasada eshitish hamda gapirish qobiliyatidan cheklangan bolalar tarbiyalanar ekan. Ular mehmonlarni iliq kutib oldilar. Yuzlaridagi quvonchni cheki yo’q edi. Tarbiyalanuvchilar uchun 106 guruh talabalari bayram dasturini namoyish etdilar, bolalar bilan birgalikda turli xil o’yinlar o’ynadilar. Bolajonlar esdalik sovg‘alar bilan rag‘batlantirildilar.
Ularning ko’zlarida minnaddorchilik hamda quvonch aks etar edi. Men o’ylaymanki, bu uchrashuv bolajonlar uchun chinakamiga unutilmas voqealarga boy bo’ldi. Muassasa rahbariyati tadbir ishtirokchilari shuningdek, tashkilotchilariga o’zining chuqur minnaddorchiligini bildirib o’tdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI