Andijon davlat universiteti bu hafta "Salomatlik haftaligi" deb nom oldi. Ushbu haftalik doirasida Fizika-matematika fakultetida ham bir qator tadbirlar o’tkazilmoqda.
"Giyohvandlik umr balosi", "Qizlarning erta turmushini oldini olishga doir masalalar", "Tibbiy ko'riklar", "OIV infeksiyasi va OITSga qarshi kurashimiz" mavzularida davra suxbatlari, qisqa ko'rinishdagi tibbiy ko'riklar va bir qancha loyiha, aksiyalar o'tkazildi. Mazkur haftalikka "Ibn Sino salomatlik maskani markazi", "AndDU tibbiy shaxobcha", "Viloyat OITS markazi", hamda "5-oilaviy poliknika" vakillari ham keng jalb etildi.
Salomatlik haftaligi mobaynida 10 dan ortiq loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Xaftalik davomida shuningdek, ertalabda professor-o'qituvchilar va talabalar ishtirokida ertalabki badantarbiya mashqlarini amalga oshirdilar. Bu nafaqat ularning sog'ligini yaxshilaydi, balki, qolgan fakultet talabalariga ham na'muna bo'ladi.
"Salomatlik xaftasi" doirasida bugun "OITS ga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan "Eng yaxshi devoriy gazeta" tanlovi ham bo'lib o'tdi. Marxamat sizlarga ushbu tanlov yakunlariga ko'ra "Eng yaxshilarini" taqdim qilamiz.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI