Ma'lumki, 1 -dekabr butun jahon OITS ga qarshi kurashish kuni. Shu munosabat bilan universitetimizning pedagogika fakulteti BTSTI yo'nalishi, 206-guruhda tahsil oluvchi bir guruh faol talabalar guruh rahbari Gulnoraxon Ismanova boshchiligida shahrimizdagi "I.A.Karimov izdoshlari" nomli xususiy maktabga yo'l oldilar. Dastavval, innovatsion maktabdagi qulaylik va shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqdilar. U yerdagi o'quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlarni ko'rib, shunday ilm dargohlarida dars berishga bo'lgan qiziqishlari yanada ortdi.
Talabalarimizni ayniqsa, maktab dars jadvaliga kiritilgan mental arifmetika va xoreografiya mashg'ulotlari e'tiborini tortdi.
Maktab direktori Gulbahorxon Abdukarimova talaba- yoshlarni iliq kutib oldi va ochiq dars, trening mashg'ulotlarini o'tkazish uchun keng sharoit yaratib berdi. Universitetimizda tahsil olayotgan bo'lajak o'qituvchilar o'zlari tayyorlab kelgan taqdimotlarni o'quvchilarga namoyish qildilar. Sodda va tushunarli tilda, ko'rgazmali qurollar bilan o'quvchilarga OITS kasalligi va OIV infeksiyasi haqida ma'lumotlar yetkazildi. Mashg'ulot erkin va savol-javoblarga boy, qiziqarli tarzda bo'lib o'tdi.
Bundan ko'zlangan asosiy maqsad, OIV infeksiyasi va OITS muammosiga o'sib kelayotgan yosh avlod e'tiborni jalb qilish, kasallik haqida to'g'ri va to'liq ma'lumotlarni yetkazish, o'zlarini va yaqinlarini himoya qilishga yordam berishdir.
Ushbu kun bizning talabalarimiz hamda ilg'or maktabning o'quvchilarida katta tasurot qoldirdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI