Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJONGA ROSSIYA FEDERATSIYASI ELCHIXONASI VAKILLARI TASHRIF BUYURDI
2018-11-26    5948

 2018-yil 25-noyabr kuni Rossiya Federatsiyasining  O‘zbekistondagi elchixonasi maslaxatchisi V.V.Beloramenskiy va konsullik bo‘limi xodimi A.A.Karasevlar Andijon shahriga rasmiy tashrif bilan kelishdi. Mehmonlarni Andijon davlat universitetining Rus tili kafedrasi katta o‘qituvchisi va rus milliy madaniy markazining raisi Е.V.Babenko hamda Andijon davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi o‘qituvchisi v.b dotsent,  Xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi mutaxassisi, Andijon shahar Kengashi deputati Е.A.Smesovalar kutib olishdi. Mehmonlar Andijonning bugungi qiyofasini ko‘rib, undagi ulkan o‘zgarishlarni e’tirof etdilar. Dastlab Andijon shahrining diqqatga sazovor bo‘lgan joylariga sayohat uyushtirildi. 

Sayohat davomida mehmonlar Andijonning Bog‘ishamol dahasida joylashgan “Bog‘i Bobur” ziyoratgohida bo‘lib, Zahiriddin Muhammad Bobur muzeyini tomosha qildilar.

Shuningdek, tashrif davomida mehmonlar Andijon shahrida joylashgan 1-son musiqa maktabida bo‘lib, rusiyzabon fuqarolar bilan “Yaxshi amallar o’n kunligi” (Декада добрых дел) deb nomlangan tadbir va mehr-muruvvat aksiyasi o‘tkazdilar. Joriy yil 4-noyabr kuni Rossiyada nishonlangan “Birlik kuni” (День единства) bayrami munosabati bilan O‘zbekistondagi, xususan, Andijondagi rus millatiga mansub keksa va yordamga muhtoj qariyalarga beg‘araz insonparvarlik yordami ko‘rsatildi. Aksiya davomida yordamga muhtoj, kam ta’minlangan va nogiron qariyalarning har biriga 400 ming so‘mdan ziyodroq miqdorda moddiy yordam ko‘rsatildi.

Tadbir ishtirokchilari bunday e’tibor va e’zoz uchun elchixona vakillariga va O‘zbekistonlik mutasaddi rahbarlarga minnatdorchilik bildirdilar. Rus o‘lkasida boshlangan mehr-muruvvat, birdamlik tadbirlari O‘zbekistonda ko‘tarinki ruhda davom ettirildi.  

E.A.Smesova
Andijon shahar Kengashi deputati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.