Andijon Davlat
Universiteti
ROSSIYALIK PROFESSORNING MAHORAT DARSLARI
2018-11-21    3487

ROSSIYALIK PROFESSORNING MAHORAT DARSLARI

Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.  Rossiya federatsiyasi Kemerovo davlat universiteti professori Stepanov Yuriy Aleksandrovich fizika-matematika fakulteti talabalariga “Dasturlash texnologiyasi” fanidan 36 soatlik ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda. Olim shu bilan birga fakultetning iqtidorli talabalari, magistrantlari bilan uchrashuv va ma’ruzalar o‘tkazish, “Axbort texnologiyalari” kafedrasi yosh o‘qituvchilarini ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‘naltirishni rejalashtirgan.

Yu.A.Stepanov o‘quv jarayonini takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish bo‘yicha, shuningdek, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, dasturlash texnologiyalarining dolzarb muammolari bo‘yicha ikkala oliy ta’lim muassasasi olimlari hamkorligida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish yuzasidan tavsiyalarini berdi.

Fakultetda ta’lim sifatini ta’minlash, professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan sohaga oid yangiliklar, rivojlantirish istiqbollari, ta’lim mazmunini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va kelgusidagi vazifalarni belgilab olish yuzasidan mahorat darslari, uchrashuvlar o‘tkazib borish rejalashtirilgan bo‘lib, mazkur ishlarni amalga oshirish ta’lim tizimini tubdan takomillashtirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.

 

 

Madaminjon MAHKAMOV,

ADU fizika-matematika fakulteti dekani


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.