Andijonning eng faol deputati aniqlandi
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O’zbekiston Liberal demokratik partiyasining Ustavi va Dasturida belgilangan vazifalarni joylarda targ’ib qilishda hamda partiya rahbar organlarining qaror va farmoyishlarida belgilangan maqsad va vazifalarning bajarilishini ta’minlashda alohida na’muna va faollik ko’rsatayotgan xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, moddiy va ma’naviy rag’batlantirish, ularning tajribalarini ommalashtirish maqsadida Andijon viloyat Kengashi tomonidan “Xalq deputatlari shahar Kengashidagi eng faol deputat“ tanlovining viloyat bosqichi o’tkazildi.
Tanlovda tuman-shaharlarda g’olib bo’lgan deputatlar o’zlarining loyihalari va taqdimotlari bilan ishtirok etdilar. Hakamlar hay’ati barcha ishtirokchilarning chiqishlarini odilona baholab bordilar. Tanlovda o’zining loyihalari va chiqishlari bilan eng yuqori ball to’plab, ishtirokchilar olqishiga sazovor bo’lgan deputat Yekaterina Aleksandrovna Smesova g’olib deb topildi. G’olib va ishtirokchilarga hamkorlar tomonidan diplom va esdalik sovg’alari topshirildi.
- Bugungi tanlov orqali biz deputatlar amalga oshirishimiz kerak bo’lgan loyihalarimizni birga muhokama qildik. Loyihalarimiz orqali jamiyatimizga foydasi tegadigan amaliy ishlar olib borilib, xalqimizga sidqidildan xizmat qilishimiz darkor. – Albatta, tanlovda g’olib bo’lish oson bo’lmadi, imkon boricha harakat qildim. Tanlovda g’olib bo’lishni kutmagan edim, deydi tanlov g’olibi Yekaterina Smesova.
Endilikda deputat Yekaterina Smesova tanlovning respublika bosqichida ishtirok etadi.
Jahongir DJIYANOV,
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati,
O’zLiDeP partiyasi Andijon shahar Kengashi apparati rahbari
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI