Andijon Davlat
Universiteti
INDIANA (AQSH) UNIVERSITETI PROFESSORI M.NAZIF SHAHRANI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETIGA TASHRIF BUYURDI
2018-11-10    4601

Andijon davlat universiteti rektori, b.f.d., professor A.S.Yuldashevning taklifiga binoan Indiana (AQSH) universitetining Markaziy Osiyo mamlakatlarini o‘rganish departamenti professori M. Nazif Shahrani 2018 yil 1-9 noyabr kunlari Andijon davlat universitetida bo‘ldi. Professor M.Nazif Shahrani Andijon davlat universiteti rektori qabulida bo‘ldi. Suhbat davomida universitetimiz va Indiana (AQSH) universiteti o‘rtasida kelajakdagi ilmiy-pedagogik hamkorlikni rivojlantirish hamda M.Nazif Shahrani o‘z faoliyatini olib borayotgan “O‘rta Osiyo halqlarini o‘rganish” kafedrasi va universitetimizning Tarix fakulteti o‘rtasida ilmiy hamkorlikni kuchaytirish, Tarix fakulteti o‘qituvchilarini, doktorant va magistrlarini tajriba almashish uchun Indiana universitetiga yuborish kabi ishlarni keng yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi.

 

Professor M.Nazif Shahrani bilan Andijon davlat universiteti o‘rtasidagi ilmiy-amaliy aloqalar 1994 yilda o‘rnatilgan. Professor Markaziy Osiyo halqlari tarixini o‘rganish kafedrasining “Antropologiya va etnografiya” bo‘yicha mutaxassisi, u o‘z ilmiy faoliyati mobaynida bir qancha ilmiy asarlar, monografiyalar chop etgan.

Professor M.Nazif Shahrani Tarix fakulteti talabalariga 2-8 noyabr kunlari “Tarixiy antropologiya” fanidan jami 26 soat ma’ruza mashg‘ulotlari hamda mahorat darslari (master-klass) olib bordi. Mashg‘ulotlar taqdimotlar vositasida olib borildi. Ma’ruza mashg‘ulotlari va mahorat darsi talabalar va ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi, professor tinglovchilarning savollariga atroflicha javob berdi.

 

 

 

Professor M.Nazif Shahrani va uning rafiqasi Moxa Nuriddin xonim Tarix fakulteti dekani, t.f.n. R.R.Shamsitdinov bilan birgalikda Andijon davlat universiteti huzuridagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi”ga tashrif buyurdi, u erda t.f.d., professor R.T.Shamsutdinov bilan muzeyning yaratilishi tarixi va kelajakdagi faoliyati to‘g‘risida suhbatlashdilar. Suhbatdan so‘ng professor M.Nazif Shahrani Andijon viloyati televideniesiga intervyu berdi.

 

 

Tarix fakulteti professori R.T.Shamsutdinov hamrohligida M.Nazif Shahrani Andijon viloyati tarixchilari va ziyolilari bilan suhbat-uchrashuvlarda ishtirok etdi, Bobur halqaro jamoat fondiga borib, fond rahbari Z.Mashrapov bilan uchrashdilar. Andijon shahrining diqqatga sazovor joylari - Eski shahar, Andijon Registoni, madrasa, temirchilik ko‘chasiga tashrif buyurdi.

Shuningdek, professor M.Nazif Shahrani, uning rafiqasi Moxa Nuriddin xonim Tarix fakulteti dekani R.R.Shamsitdinov bilan birga Qo‘qon shahrida bo‘lib, u erda Jome masjidi muzeyiga, Xudoyorxon qarorgohiga va Marg‘ilonga tashrif buyurdilar, u erda atlas-adras ishlab chiqaradigan xonadonda bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.

8-12 noyabr kunlari professor M.Nazif Shahrani, uning rafiqasi Moxa Nuriddin xonim hamda R.R.Shamsitdinov hamrohligida respublikamizning Toshkent, Samarqand va Buxoro kabi tarixiy-me’moriy va madaniy merosga boy bo‘lgan shaharlarimizni tomosha qildilar.Tashrif mobaynida mehmonlar mamlakatimiz hududidagi tarixiy-me’moriy yodgorliklar jahon sivilizatsiyasining bir qismi ekanligini, bu yodgorliklar insonlarni xali uzoq vaqtlar davomida hayratga solishini ta’kidladilar, yurtimizda milliy qadriyatlarimizga berilayotgan e’tiborga, amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho berdilar. 

B.Z.Tuxtaboev
ADU Jahon tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.