Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI ROSSIYANING NUFUZLI UNIVERSITETI BILAN BIRGALIKDA KADRLAR TAYYORLAYDI
2018-10-19    4890

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI ROSSIYANING NUFUZLI UNIVERSITETI BILAN BIRGALIKDA KADRLAR TAYYORLAYDI

 

Xabaringiz bor, Toshkent shahrida O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari tashabbusi bilan yurtimizda birinchi marotaba “O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi” o‘tkazildi. Forumda ikki davlat prezidentlari administratsiyalari, Hukumat rahbarlari, O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri va Rossiya Federatsiyasini Ta’lim va fan vaziri hamda Rossiyaning 80 dan ortiq nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etdi.

  Xalqaro forumning maqsadi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida zamonaviy yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqot sohasida o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishdan iborat.

  Birinchi marta o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi”da O‘zbekiston va Rossiya oliy ta’lim muassasalari rektorlari o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish barobarida dolzarb vazifa va masalalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotda birgalikda muhokama qilindi.

  Mazkur nufuzli anjumanda Andijon davlat universiteti rektori, professor A.S.Yuldashev ham faol ishtirok etib Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma dasturlar asosida talabalarni o‘qitish, fakultet va kafedralar filiallarini tashkil qilish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, maqsadli ilmiy izlanishlar olib borish, o‘quv va ilmiy adabiyotlar almashish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha shartnomalarni imzoladi. Xususan, Rossiya Federatsiyasidagi Milliy tadqiqot Mordova davlat universiteti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotlarda qo‘shma dasturlar asosida talabalarni o‘qitish, fakultet va kafedralar filiallarini tashkil qilish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, maqsadli ilmiy izlanishlar olib borish, o‘quv va ilmiy adabiyotlar almashish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi. 

Forumning mantiqiy davomi sifatida Milliy tadqiqot Mordova davlat universiteti rektori, professor M.S.Vdovin 2018 yilning 19 oktabr kuni Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mexmonga Andijon davlat universitetining moddiy-texnika bazasi, ilmiy salohiyati, olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, prorektor, dekan va kafedra mudiri va professorlar bilan o‘zaro muloqot tashkil etildi. Milliy tadqiqot Mordova davlat universiteti rektori Andijon davlat universiteti kimyogar olimlari tomonidan yaratilgan darsliklarning butun respublikamizdagi umumtalim maktablarida o‘qitilayotganligiga yuqori baho berdi. Kafedra professori, kimyo fanlari doktori Ibroxim Asqarov tomonidan dunyo miqyosida kimyo fanining eng yangi yo‘nalishiga asos solgani haqidagi ma’lumot mexmonda katta taasurot qoldirdi. Shuningdek, kafedra olimlari tomonidan yaratilgan bioqo‘shimchalarning to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlab chiqarishga yo‘nalishtirilganligi, fan bilan iqtisodiyotning real sektori o‘rtasidagi mustahkam aloqa o‘rnatilgani ta’kidlab o‘tildi.

Andijon davlat universiteti dasturga muvofiq kapital rekonstruksiyadan chiqarildi, moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi ham yangi o‘quv laboratoriyalari keltirildi. Fizikaning turli yo‘nalishlari bo‘yicha yangi tashkil etilgan o‘quv va ilmiy laboratoriyalar faoliyati bilan tanishish jarayonida Milliy tadqiqot Mordova davlat universitetining shu yo‘nalishdagi yetakchi professorlari bilan mustahkam aloqa o‘rnatishga kelishib olindi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi Sirojiddin Zaynobiddinov universitetidagi ilmiy muhit, olib borilayotgan tadqiqotlar xususida batafsil ma’lumot berdi. Shu bilan birga har ikkala oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Biz rossiyalik mexmonning fikr-mulohazalari bilan qiziqdik.

 

- Rossiya Federatsiyasining Prezidenti V.Putinning O‘zbekistonga tashrifi doirasida uyushtirilgan rektorlar forumi o‘zaro aloqalarni mustahamlashga huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘zaro aloqalarimizning oliy ta’limning barcha qirralariga taaluqli bo‘lib, aloqalarni yanada mustahamlash maqsadida Andijon universiteti delegatsiyasini Milliy tadqiqot Morodova davlat universitetiga taklif qilyapmiz. O‘zaro hamkorlikdan har ikki tomon ham juda katta manfaatdor. 2+2 formatidagi kadrlarni qo‘shma tayyorlash loyihasi bo‘yicha Andijon davlat universitetida bir necha yo‘nalishlarni ochish xarakatidamiz.

         O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan ta’lim tizimiga ko‘rsatilayotgan g‘amho‘rlik hamda xorijiy davlatlar bilan aloqalarning mustahamlanishi oliy o‘quv yurtlarining har tomonlama raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashiga asos bo‘lib xizmat qiladi.

 

                                                                                              Axborot xizmati

 

                                              

 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.