Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universitetida “Start Up” loyihasi
2018-09-28    4791

Andijon davlat universitetida “Start Up loyihasi

 

 “Start Up” loyihalarini intensiv qo‘llab-quvvatlash dasturi yoshlar uchun o‘z inovatsion g‘oyalarini amalda sinab ko‘rish, tadbirkorlik sohasida salohiyatlarini rivojlantirishlari uchun imkoniyatlar yaratadi.

Savdo-sanoat palatasi Innovatsion rivojlantirish vazirligi va Yoshlar ittifoqi xamkorligida BMTTD “O‘zbekiston Respublikapsi xududlarida tadbirkorlik muxitini takomillashtirish” qo‘shma loyixa asosida xamda Britaniya elchixonasining moliyaviy ko‘magi bilan respublikamizda yoshlar innovatsion g‘oyalari va startap-loyixasi “Startup initiatives” tanlovi va qo‘llab quvvatlash Dasturi ishga tushirildi.             

Andijon davlat universitetida ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha bo‘linma tomonidan 2018 yil 12 sentabrda “Start Up” loyihasiga jalb qilish bo‘yicha o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda talabalar, mutaxassislar B.Xamdamov, M.Olimov tomonidan “Start Up” loyihasi haqida ma’lumotlar berilib, ushbu loyiha yoritib o‘tildi. Shu jumladan, kimlar qatnashishi mumkinligi; dasturda 16 yoshdan yuqori yigit-qizlar, talabalar, oliy ta’lim muassasi xodimlari, jumladan, o‘qituvchilar va tadqiqotchilar ishtirok etishlari mumkin, qizlar boshchilik qiladigan jamoalar yoki loyiha jamoasi tarkibida ta’sischi sifatida ishtirok etadigan qizlar jamoalari qatnashishlari rag‘batlantirilishi, qatnashchilar dastur orqali nimaga erishishlari; tejamkor “Start Up” uslubiga asoslangan loyihasini rivojlantirish bo‘yicha boshlang‘ich o‘quv kursida ishtirok etish, murabbiy bilan hamkorlikda loyihani amalga oshirish, yo‘l xaritasini ishlab chiqish, loyihaning ko‘zlangan mijozlarini aniqlashda qiymat taklifini va gipotezalarini tekshirishda yordam, loyiha maxsuloti yoki xizmatning eng kichik ishchi modelini yaratishda, uni sinashda va u haqida fikrlarni olishda maslahat, bozorning yetuk ekspertlarining mahorat darsida ishtirok etish va maslaxatlarini olish imkoniyatlari, “Demo day” (Taqdimot kuni) loyihani istiqboldagi sarmoyachilarga innovatsiya forumlarida taqdim qilish va xalqaro dasturlarda ishtirok etish, “Demo day” (Taqdimot kuni)da ekspertlar guruhining eng yuqori balini to‘plagan 5 ta eng yaxshi loyiha 40 mln so‘mdan loyihani amalga oshirish uchun mukofot mablag‘i olish mumkinligi, ishtirokchilar qanday bosqichlardan o‘tishlari; 1) Arizalarni qabul qilish Starup.chamber.uz havolasiga o‘tib, “ariza yuborish” tugmasini  bosing va tashkil qiladigan ariza shaklini to‘ldiring; 2) Arizalar asosida birlamchi tanlov, ushbu bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan loyihalar mualliflari suhbatga taklif etiladi; 3) Jamoalar bilan suhbat, ekspertlar guruhi dasturda ishtirok etishlari uchun eng yaxshi loyihalarni aniqlaydi; 4) Startuplarni yaratish bo‘yicha bir xaftalik o‘quv kursi mentorial bilan ishlash, har xaftalik “trening” uchrashuvlarni o‘z ichiga olgan qo‘llab-quvvatlash dasturi; 5) Namangan, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpog‘iston respublikasida “Demo day” (Taqdimot kuni) finalchilar ishtirokidagi sarmoyachilar oldida o‘z loyihalarini taqdim etishlari va loyihani rivojlantirish uchun sarmoya olishlari mumkin, har bir hududlarni uchta eng yaxshi loyiha jamoalari Toshkentda o‘tkaziladigan “Demo day” (Taqdimot kuni) da ishtirok etishlari uchun taklif qilinishlari haqida ma’lumotlar berildi. Seminarda fizika-matematika fakulteti talabalari qatnashdilar. Talabalar “Start Up” loyihasiga yangi inovatsion g‘oyalarni yaratib loyihada qatnashishlarini taklif qilishdi. Seminarda talabalar o‘z fikr va inovatsion g‘oyalarini tadbiq qilishdi.

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha bo‘linma mutuxassisi Z.Po‘latova

 

 


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.