2018 yil 18 avgust kuni Andijon davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari hamda talabalari tomonidan O‘zbekiston Ekologik harakati hamda Oliy va o‘rta maxsus taxlim vazirligi hamkorligida ishlab chiqilgan “2018 yil avgust oyida mamlakatimizning barcha hududlarida obodonlashtirish va tozalik oyligi, 18-19 avgust kunlari umumxalq xasharini tashkil etish hamda Qurbon hayitini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” da belgilab berilgan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon shahridagi universitetga biriktirilgan Nodirabegim nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i, Pushkin nomidagi Bolalar madaniyat va istirohat bog‘i hamda Yoshlar bog‘larida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, daraxtlarga shakl berish, oqlash, ariqlarni tozalash va sug‘orish, hududlarni begona o‘tlardan va turli shox-shabbalardan tozalash, gullarni hamda daraxtlarni taglarini yumshatish ishlari olib borilmoqda.
Andijon shahridagi madaniyat va istirohat bog‘larida 2018 yil 19 avgust kuni ham xashar davom etadi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI