Andijon Davlat
Universiteti
MAGISTRATURAGA IMTIXONLAR BOSHLANDI
2018-08-07    4239

Andijon davlat universitetiga 2018-2019 o‘quv yili uchun 84 nafar magistr qabul qilinishi rejalashtirilgan. Quvonch bilan shuni ta’kidlash mumkinki, joriy yilda ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim), qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof muhit fizikasi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ham hujjatlar qabul qilindi. Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim), ta’limda axborot texnologiyalari, pedagogika va psixologiya, o‘zbek tili va dabiyoti, ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda), chet tili va adabiyoti, ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari), jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi, adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti), lingvistika (o‘zbek tili), o‘zbekiston tarixi, matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha), biologiya (fan yo‘nalishlari bo‘yicha), fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha), kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha), ekologiya (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishlariga 306 nafar nomzodlarning arizalari qabul qilingan.

  Ta’lim tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlardan magistratura ham chetda qolmadi. Bu esa nomzodlar uchun ko‘plab qulayliklar yaratmoqda. Kuni kecha abituriyentlar o‘zlari tanlagan mutaxassisliklari bo‘yicha test sinovlarini topshirdilar. – Test savollarining u qadar murakkab emasligi menda katta taassurot qoldirdi, - deydi abituriyentlardan biri Elmurod Abdullayev. – shuningdek, test sinovlari kuzatuv kameralari bilan jihozlangan xonada, maxsus kuzatuvchilar bilan o‘tkazilgani taxsinga loyiq. Darhaqiqat, qabul hay’ati mutasaddilari magistraturaga qabul jarayonining ko‘ngildagidek va shaffof holda o‘tishi uchun astoydil mehnat qilmoqda.

Keyingi bosqichda nomzodlar bilan suhbat uyushtirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, unda abituriyentlar yozgan ilmiy maqolalari, tezislari, erishgan yutuqlar va olib borayotgan faoliyati bo‘yicha baholanadi. Bu bosqichni ingliz tili mutaxassisligiga da’vogarlar boshlab berdilar.

Qolgan yo‘nalishlar bo‘yicha ham galma-galdan suhbat o‘tkaziladi. Magistrlikka nomzodlar oxirgi bosqichda xorijiy til bo‘yicha test sinovlarini topshiradilar.

Azizbek EGAMBYERDIYEV
ADU matbuot kotibi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.