Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan joriy o‘quv yilidan boshlab alohida iqtidor talab qilinadigan yo‘nalishlarga faqat ijodiy sinovlar asosida o‘tkazilmoqda. Tayanch oliy o‘quv yurtlari tomonidan ishlab chiqilgan mezonlar asosida Andijon davlat universitetida 3 ta yo‘nalishga imtixonlar tashkil etildi.
Ijodiy imtixonlarni o‘tkazishga xalq deputatlari, ommaviy axborot vositalari, prokuratura organlari xodimlari va ota-onalar jalb etildi.
– Imtixon jarayonidan ko‘nglimiz to‘ldi. Iqtidorli yoshlarga munosib baho berildi, shu bilan birga omadini sinash uchun o‘qishga hujjat topshirganlar ham bor ekan, deydi jarayonni bevosita kuzatib borgan xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputati Rustamjon To‘raxonov.
Har bir abituriyent tomonidan belgilangan topshiriq bajarilishi bilanoq uning ballari e’lon qilindi va e’tirozlari tinglandi. Tushunmovchiliklar joyida barataraf etildi. Shuning uchun ham hozircha ijodiy imtixonlardan shikoyat qilib, abituriyentlar yoki ularning ota-onalari murojaat qilishmadi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi tomonidan belgilab berilgan vazifalarga og‘ishmay amal qilish, adolat va shaffoflikni ta’minlash uchun jamoani safarbar qilinishi odamlarning roziligiga sabab bo‘lmoqda.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI