Universitetda qirg‘iz tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi(48 nafar abiturient), ko‘zi ojiz abiturientlar va sharq tillari(arab tili) bo‘yicha kirish imtixonlari boshlandi. Imtixonlar jarayonini shaffof o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida bu jarayon ota-onalar, kadrlar buyurtmachilari va jamoat tashkilotlarining bevosita kuzatuvi ostida tashkil etilmoqda.
Andijon davlat universitetiga 12 nafar ko‘zi ojiz talaba tarix, psixologiya, geografiya, o‘zbek tili va adabiyoti, ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishlariga hujjat topshirgan. - Imtixon jarayonlarini bevosita kuzatib borayapmiz, imtixonlar jarayoni shaffof, adolatli va qonuniy tarzda o‘tmoqda. Ko‘zi ojiz fuqarolarning manfaatlari ifodachisi sifatida har bir jarayonni sinchiklab kuzatyapmiz, jarayondan to‘la qoniqish hosil qildik, deydi O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati Andijon viloyati bo‘limi raisi Otabek Yaqubov.
Har bir abiturientning bilimi imtixon jarayonida to‘la namoyon bo‘lishiga shart-sharoit yaratish, ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishga hissa qo‘shish Andijon davlat universiteti jamoasining asosiy vazifasidir.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI