Kimki bir ko‘ngli buzug‘ning xotirin shod aylagay,
Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa, obod aylagay.
Alisher Navoiy
Bir ko‘ngli siniq kishining ko‘nglini ko‘tarish, shod etish shu qadar ulug‘ ishki, bu vayron bo‘lgan Ka’bani obod qilgan darajadadir. Odamning ko‘ngli Ka’baga qiyoslanyapti. Ko‘ngil siniqligi Ka’ba vayronligiga o‘xshatilyapti.
Mehr, e’tibor, saxovat, muruvvat! Bu tushunchalar bag‘rikeng xalqimizning qon-qoniga singib ketgan eng oliyjanob sifatlardan biridir. O‘zbek xalqi hamisha bir-biriga bo‘lgan g‘amho‘rligi, ayamasdan yordam qo‘lini cho‘zishi bilan dunyodagi boshqa millatlardan ajralib turadi.
Ushbu e’tiborning kichik bir ko‘rinishi sifatida joriy yilning 6 iyul kuni ADU boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasi qoshidagi “Qizlarjon” klubi hamda O‘zbekiston XDP Andijon viloyat Kengashi hamkorligida Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Muruvvat uyi” ga tashrif buyurildi.
“Qizlarjon” klubi faollari ijrosidagi diltortar taronalar va sho‘x raqslar, ifodali badiiy o‘qishlar barchaning kayfiyatini a’lo darajaga ko‘tarib, ularga quvonch bahshida etdi. Tadbir davomida “Muruvvat uyi” tarbiyalanuvchilari uchun esdalik sovg‘alari va kundalik ehtiyoj buyumlari tarqatildi. Tashqi muhitdan himoyada bo‘lgan bolajonlarning honalariga ham aloxida tashrif buyurildi.
Bizni ko‘rib, sevinchi dunyolarga sig‘may ketgan qaqajonlarning holatini so‘z yoki harakatlar orqali ifoda etish mushkul. Ularning yuzidagi mamnunlik ifodasi va tabassumni ko‘rib, biz ham sevindik, maqsadimizga erishganimizni his qildik. Tashrif yakuniga yetar ekan, barchamizning qalbimizni jumbushga keltirgan bolajonlarning so‘zi shu bo‘ldi: “Sizlarni yana kutamiz!”
Ko‘zlarima ko‘zlaringga munchoq bo‘lsin,
Ko‘zmunchog‘im, o‘kinmagin baxting butun.
Yurar yo‘ling alvon-alvon nurga to‘lsin,
Bu dunyoda muruvvat bor sen bor uchun.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI