Andijon Davlat
Universiteti
AMALIYOT VA SAYOXAT – O‘LKAMIZNING TARIXIY SHAXARLARIDA
2018-07-20    5258

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga xurmat ruxida tarbiyalash, vatanimiz tarixini yanada chuqurrok o‘rganish asosiy o‘ringa ko‘tarilgan. Mamlakatimizdagi ichki turizm rivojlanishi xam shu maqsad sari yo‘naltirilgan. Shu sababli Andijon davlat universiteti rektorining 2018 yil 9-iyundagi 02-331-buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 21-avgustdagi 303-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 5120300-Tarix ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr akademik daraja beruvchi na’munaviy o‘quv reja asosida 5120300-Tarix ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun Andijon davlat universiteti tarix fakulteti dekani Ravshanbek Shamsitdinov, O‘zbekiston tarixi kafedrasi katta o‘qituvchilari Noibjon Xudoyorov va Marg‘ubaxon Radjabova boshchiligida tarix fakultetining 44 nafar bir gurux talabalari bilan birgalikda O‘zbekistonning muxim, tarixiy yodgorliklari joylashgan Toshkent, Samarqand, Buxoro shaxarlariga amaliyot safari uyushtirildi. Safar oldidan xar bir talabaga Samarqand va Buxoroning biror-bir tarixiy yodgorligini chuqur o‘rganish vazifasi topshirilgan edi. Maqsad talabalarning ekskursiya olib borish maxoratini oshirish, me’moriy obidalar tarixini chuqur o‘rganishdan iborat. Amaliyotimizni Toshkent shaxridagi Qatag‘onlar muzeyidan boshladik. Muzeyda talabalar Sovet davrida qatag‘on qilingan Turkistonlik ziyolilarning xayoti, faoliyati xamda o‘sha davrga oid noyob eksponatlar bilan tanishishdi. So‘ng Amir Temur va temuriylar tarixi davlat muzeyi, Xasti Imom masjidini, shaxarning diqqatga sazovor joylarini tomosha qilib so‘ng “Sayqali ro‘yi zamin” deya tariflangan Samarkand shaxriga yo‘l oldik.

Qadimiy Samarqand shaxrida, birinchi navbatda dunyoga mashxur bo‘lgan Registon maydoniga tashrif buyurdik. XV – XVII – asrlarda qurilib,shakllangan Registon ansambilining me’moriy obidalarini ko‘rgandan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildik. Shundan so‘ng Shoxi Zinda majmuasi, Oqsaroy, Ulug‘bek observatoriyasi, Imom al-Buxoriy maqbarasi va boshqa ko‘plab ulug‘, tarixiy shaxslarni qabrlarini xususan Temuriylar xilxonasi xisoblangan Go‘ri Amir makbarasini ziyorat qildik.

Shundan so‘ng ertasi kuni Islom dinining mashxur namoyondalari yetishib chiqqan Buxoroi Sharifga yo‘l oldik. Buxorodagi sayoxatni birinchi navbatda Abdulxoliq G‘ijduvoniy maqbarisini ziyorat qilishdan boshladik. Keyin Baxouddin Nakshbandiyning piri Mir Sayyid Kulol maqbarasi, Baxouddin Nakshband va oila a’zolari joylashgan maqbara va boshqa ulug‘ insonlarning qabrlarini ziyorat qildik. Undan so‘ng Buxoro amiri yozgi saroyi xisoblangan Sitorai Moxi Xosa, jadidchilik xarakatining yirik namoyondasi bo‘lgan Fayzulla Xodjaevning uyi, Ismoil Somoniy maqbarasi, Buxoro arki, 1535-1536-yillarda qurilgan mashxur Mir arab madrasasi, Arslonxon tomonidan 1127-yilda qurilgan o‘rta asrlardagi Buxorodagi eng baland minora xisoblangan Minorai kalon, Abdulazizxon madrasasi, Abdullaxon timi (rastasi) va nixoyat Buxorodagi yirik me’moriy majmua – Labixovuz ansamblini tomosha qildik. Buxoroning eng badavlat kishilaridan biri bo‘lgan Nodirdevonbegi 1620 – yilda bozor maydoni o‘rtasida uzunligi 45 metr, eni 36 metr, chukurligi 5 metr bo‘lgan katta xovuz qurdirgan. Xovuz atrofida Nodirdevonbegi madrasasi, Ko‘kaldosh madrasasi, Ernazar elchi madrasasi bunyod etilgan.

Shu bilan Samarqand va Buxoro shaxarlariga bo‘lgan amaliyotimiz o‘z nixoyasiga yetdi. Toshkentga qaytgach O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, A.Navoiy nomidagi opera teatri va Mustaqillik maydonida bo‘ldik. Malakaviy amaliyot davomida universitetning professor-o‘qituvchilari va talabalari tarixiy shaxarlarga tashrif buyurgan xorijiy turistlar bilan muloqotda bo‘lib, ularni qiziqtirgan savollariga ingliz, rus tilida javob berdilar va fikr almashdilar. Tarix fakulteti talabalari o‘ziga kerakli bo‘lgan qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

O‘zbekistonning Toshkent, Samarkand, Buxoro kabi shaxarlariga qilingan amaliyotimizdan asosiy maqsad ajdodlarimiz tomonidan qurilgan tarixiy obidalarni yaqindan tanishish orqali yanada chuqurrok o‘rganish, talabalarning tarixga bo‘lgan tasavvurini yanada kengaytirish va ularning ilmiy izlanishini yanada kuchaytirishdir.

Islomiddin NASIRIDINOV
Tarix fakulteti talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.