
Universiteti

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayrami arafasida atrof-muhitni asrab-avaylash, hududlarni obodonlashtirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida yurtimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari yuqori saviyada tashkil etildi.
Ushbu ezgu tashabbus doirasida Andijon davlat universitetida ham obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Universitet rahbariyati boshchiligida professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda ko‘ngilli yoshlar ta’lim muassasasi hududini obodonlashtirish, atrof-muhitni tozalash, daraxt va gullar ekish, shuningdek, ijtimoiy infratuzilma obyektlarini tartibga keltirish ishlarida faol ishtirok etib, o‘z munosib hissalarini qo‘shdilar.
Hashar yurtimizda ezgulik, hamjihatlik va birdamlik timsoli sifatida sog‘lom muhit barpo etish va Vatanimiz ravnaqiga xizmat qiluvchi muhim amaliy harakat sifatida o‘tkazildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI