
Universiteti

Bugun, 22-avgust kuni Andijon davlat universitetida O‘zbekiston Mustaqilligining 34 yilligi arafasida, atrof‑muhitni asrab‑avaylash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.
Erta tongda universitetimizda rektor Baxtiyorjon Akbaraliyev boshchiligida professor‑o‘qituvchilar, ishchi xodimlar va ko‘ngilli yoshlar ishtirokida oliygoh binolarining ichki va tashqi hududlari, yashil maydonlar, yotoqxonalar va umumiy hududlarda reja asosida hamda texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Hashar davomida universitetimiz jamoasi tomonidan belgilangan hududlardagi yo‘laklar tartibga keltirilib, zararli hasharotlardan saqlash maqsadida 800 dan ortiq daraxtlar oqlandi. Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari davomida to‘plangan chiqindilar alohida belgilangan joylarga tashkiliy ravishda olib chiqildi. 2000 kv/m maydondagi ekin yerlari tartibga keltirildi, 500 dan ortiq daraxt va gullarga shakl berilib, begona o‘tlardan tozalandi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish va ona tabiatni asrab-avaylash har birimizning muqaddas burchimizdir. Bu yo‘lda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, ekologik tarbiyani jamiyatning barcha qatlamlariga singdirish, yashil hududlarni kengaytirish hamda tabiatni himoyalashda har bir fuqaroning faol ishtirokini ta’minlash zarurdir. Tabiatga mehr bilan yondashib, uning pokligi va musaffoligini saqlash orqali biz kelajak avlodlarga sog‘lom, barqaror va farovon yashash muhitini taqdim etamiz.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI