
Universiteti

Bugun, 21-avgust kuni Andijon viloyati hokimligi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda viloyat hokimligi hamkorligida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni kafolatlash bo‘yicha Maslahat kengashlari faoliyatini samaradorligini oshirish” mavzusida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar doirasida gender tenglik, Maslahat kengashlarining roli va faoliyati hamda ularning samaradorligini oshirish strategiyalari atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, gender tenglik va uning huquqiy asoslari, qonunlarning amalda qo‘llanilishi, idoralararo tajriba almashinuvi hamda nodavlat sektor bilan hamkorlik masalalari keng ko‘lamda muhokama qilindi.
Mazkur seminarda Andijon davlat universiteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Sobiraxon Toshpo‘latova “Andijon davlat universiteti Maslahat kengashi faoliyati va kelgusidagi istiqbolli rejalar” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Sobiraxon Toshpo‘latova o‘zining ma’ruzasida Andijon davlat universiteti Maslahat kengashining faoliyatini yanada samarali tashkil etish, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash borasida bir qator muhim masalalarni ta’kidladi.
Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan gender tenglikni ta’minlash, Maslahat kengashlarining samaradorligini oshirish va xotin-qizlar hamda erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Ushbu tavsiyalar kelgusida amaliyotga joriy etilib, jamiyatda gender tenglikni ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI