Andijon Davlat
Universiteti
Ikki universitet — bitta maqsad: Andijon davlat universiteti hamda Turkiyaning Isparta amaliy fanlar universiteti hamkorligi yanada rivojlanmoqda
2025-08-19    64

Andijon davlat universiteti hamda Turkiyaning Isparta amaliy fanlar universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asosida Andijon davlat universiteti huzurida yangi ilmiy-amaliy markaz tashkil etildi. Mazkur markaz o‘z faoliyatini boshlab, hozirda tibbiy zuluklarni yetishtirish, ko‘paytirish va ular ustida ilmiy tadqiqotlar olib borish yo‘nalishida doimiy va samarali ishlarni amalga oshirmoqda.

Joriy yilning 19-avgust kuni Turkiyaning Isparta amaliy fanlar universiteti dotsenti, biologiya fanlari doktori Mustafa Ceylan universitet huzurida tashkil etilgan ilmiy-amaliy markaz faoliyatini yanada rivojlantirish, ilmiy hamkorlikni mustahkamlash hamda tibbiy zuluklar yo‘nalishida qo‘shma tadqiqotlar olib borish maqsadida universitetga tashrif buyurdi.

Tashrif avvalida dotsent Mustafa Ceylan Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev huzurida bo‘lib, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, ta’lim sifatini oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida kelgusidagi istiqbolli rejalar belgilab olindi.

Shundan so‘ng, Dr. Mustafa Ceylan universitet mas’ullari ishtirokida ilmiy-amaliy markaz faoliyati bilan tanishib, laboratoriyada olib borilayotgan tadqiqotlar jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv davomida markazda yaratilgan zamonaviy sharoitlar va tadqiqotchilarning ishlash muhiti haqida fikr almashildi. Dr. Ceylan, mazkur markazning ikki davlat o‘rtasida tibbiy zuluklarni o‘rganish va ko‘paytirish bo‘yicha yangi ilmiy imkoniyatlar yaratishga xizmat qilishini alohida ta’kidladi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.