
Universiteti

Joriy yilning 1–11-avgust kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar va yoshlar (U-19) o‘rtasida boks bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu nufuzli musobaqada Andijon davlat universiteti Sport va san’at fakulteti talabalari — Muhammadaziz Ismoilov (70 kg) finalda Qozog‘iston vakili Nurbek Mursalni 4:1 hisobida, Abdulaziz Abdurahmonov (85 kg) Eronlik Sam Estakini 5:0 hisobida hamda Halimjon Mamasoliyev (90 kg) Hindiston vakili Ishan Katariani 5:0 hisobida ishonchli tarzda mag‘lub etib, oltin medallarni qo‘lga kiritdilar.
Ushbu yuksak g‘alaba bilan sportchilarimiz va ularning murabbiylarini chin dildan tabriklab, ularning mehnati, qat’iyati va sadoqati natijasida xalqaro maydonda yurtimiz sha’ni yuksaklarga ko‘tarilganini faxr bilan e’tirof etamiz.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI