
Universiteti

Shu kabi savollar ko’pchilikni qiziqtiryapti. Sababi telekanallardan birida ketgan efirda magistraturada kontraktda o‘qiydigan qizlar grant taqsimotidan o‘ta olmasa, kontraktini o‘zi to‘laydi, mazmunida lavha berilgan. Bu haqida Oliy ta’lim vazirligi ma’lum qilishicha, mazkur lavhada biroz noto‘g‘ri talqin berilgan.
Demak:
magistraturada kontraktda o‘qiydigan qizlar grant taqsimotida bemalol ishtirok eta oladi, bu ularning huquqi. Faqat o‘zlashtirish ko‘rsatkichi GPA 3,5 dan baland bo‘lishi kerak;
agar mabodo taqsimot tanlovida grantga o‘ta olmasa, unda 15-sentyabrgacha to‘lov-kontrakt miqdorini davlat byudjetidan qoplab berish to‘g‘risida ariza berishlari mumkin bo‘ladi, bu ham ularning huquqi. Grant taqsimotidan o‘ta olmagani ularning bu huquqini bekor qilish uchun asos bo‘la olmaydi. Ya’ni davlat kontraktdagi qizlar uchun to‘lashda davom etaveradi, bu cheklanmaydi;
baribir kontraktdagi qizlarga davlat to‘lab berayotgan bo‘lsa, unda grant taqsimotida qatnashish nimaga kerak o‘zi, degan savol ham tug‘ilishi mumkin. Vazirlik mas’ullarining ma’lum qilishicha, asosiy farqi — stipendiya to‘lanish yoki to‘lanmaslikda. Ya’ni taqsimot tanlovi orqali grantga o‘tgan qizlarga stipendiya ham to‘lanadi, lekin davlat byudjetidan kontrakti qoplab berilayotgan qizlarga stipendiya to‘lanmaydi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI