Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universitetida imkoniyati cheklangan abituriyentlar uchun imtihon sinovlari o‘tkazildi
2025-07-22    119

Bugun, 22-iyul kuni Andijon davlat universitetida 2025/2026 oʻquv yili uchun bakalavriat ta'lim yoʻnalishlariga hujjat topshirgan ko’zi ojiz toifasidagi abituriyentlarga imtihon jarayonlari bo'lib o'tmoqda.

Universitetda ko‘zi ojiz abituriyentlarning test sinovlarini teng huquqli va qulay sharoitlarda topshirishlari uchun barcha zarur imkoniyatlar yaratildi. Bugungi kunda 15 nafar abituriyent 9 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha imtihonlarda ishtirok etmoqda.

Imtihonlarning shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida Andijon davlat universitetining Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan doimiy monitoring ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, abituriyentlarning ota-onalari uchun universitetning birinchi ma’ruzalar zalida maxsus kutish xonasi tashkil etilgan bo‘lib, ushbu zalga o‘rnatilgan monitorlar orqali imtihon jarayonini bevosita kuzatish imkoniyati yaratilgan.

Ta’kidlash joizki, “Oliy ta’lim muassasalariga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, ko‘zi ojiz abituriyentlar test sinovlarida har bir fandan kamida “3” baho olgan taqdirda, oliy ta’lim muassasasiga qabul qilingan hisoblanadi. Ushbu toifadagi abituriyentlar uchun davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha alohida kvotalar ajratilgan.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.