Andijon Davlat
Universiteti
TARIXCHI TALABALAR QO‘QONDA
2018-06-28    6578

2017-2018 o‘quv yilining ikkinchi semestrida tarix fakultetining 1-2-3-kurs talabalari “Arxeologiya”, “Etnologiya”, “O‘lkashunoslik”, “Muzeyshunoslik”, “Arxivshunoslik”, “O‘zbekiston tarxi fanidan tanishtiruv” amaliyotlariga chiqmoqdilar. Jumladan, 2-kurs talabalari xam “O‘zbekiston tarixi fanidan tanishtiruv” amaliyotini boshladilar. Universitet rektorati va Birlashgan kasaba uyushmasi ko‘magida amaliyotni o‘tash, Farg‘ona vodiysining tarixiy qadamjolari, arxeologik manzilgoxlari, tarixiy obidalarini borib ko‘rish va o‘rganish uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Kuni kecha  22-iyun kuni 2-3-kurs talabalaridan bir guruxi Samarqand, Buxoro shaharlariga amaliyotni o‘tash uchun yo‘l olgan bo‘lsa, 23-iyun kuni yana bir guruh 2-bosqich tarixchi talabalar Qo‘qon shahriga amaliyotni o‘tash, shahardagi tarixiy obidalar, Qo‘qon xonligi davri tarixiga oid moddiy yodgorliklar bilan tanishish maqsadida amaliyotga bordilar. Ushbu ekspeditsiyaga talabalarning amaliyot rahbarlari O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri, dotsent S.Xoshimov, katta o‘qituvchilar O.Abduraupov va J.Xasanovlar boshchilik qildilar. Qo‘qon shahriga uyushtirilgan amaliyot safari chog‘ida talabalar dastlab 1799-yilda Qo‘qon xoni Norbo‘tabiy tomonidan bunyod etilgan “Norbo‘tabiy” madrasasini borib ko‘rdilar. Qo‘qon xonligida 1756-1798 yillarda xukmronlik qilib xonlikni markazlashtirish sohasida katta natijalarga erishgan Norbo‘tabiy  hukmronligi davrida qurilishi boshlanib uning vafotidan so‘ng 1799-yilda qurilishi nixoyalangan ushbu madrasa, xalq orasida Madrasai Mir deb ham nomlanadi. XVIII-XIX asrlarda yashab, o‘zbek she’riyatida munosib o‘rin tutgan, “Hapalak” kabi she’rlari bilan xalq dardini ifoda etgan Maxmur kabi shoirlar ham aynan Madrasi Mirda tahsil olganlar. Talabalar madrasa bilan tanishib, uning qurilishi tarixi, me’moriy uslublari bilan tanishdilar. Shundan so‘ng “Norbo‘tabiy” madarasasiga yaqin joyda joylashgan “Norbo‘tabiy dahmasi”ni ham ko‘rdilar, so‘ngra XIX asrnig birinchi choragida qurilgan “Dahmai Shohon” (shohlar maqbarasi)ni borib ko‘rdilar. Ushbu inshoot Umarxon (1810-1822yy.) xukmronligi davrida qurilishi boshlanib, 1822 yil Umarxon vafotidan so‘ng uning rafiqasi o‘z davrining mashhur shoirasi Nodirabegim tomonidan davom ettirilib nixoyalangan. Qurilishi 1825-yil ohirlarida tugalangan. Majmua 3 qismdan iborat: gumbazli xon peshtoqi bilan, ikki ustunli ayvonli machit va oilaviy qabristondan iborat. Ushbu maqbarada Norbo‘tabiy va uning avlodlari dafn etilgan. O‘rtada Umarxon qabri ustidagi marmar tosh joylashagan. Umarxonning maqbarasi tashqi ko‘rinishdan juda maftunkor qilib ishlangan. Qabrning kirish eshiklari arab imlosida Qur’oni Karim sur’alari va Umarxonning she’rlari namunalari yog‘och o‘ymakorligi bilan bezatilgan. Maqbara to‘g‘ri to‘rtburchak shaklli bo‘lib, uning pastakkina gumbazi jiddiy ko‘rinish berib turadi.

     Dahmai Shohonga peshtoq orqali kirilgan va uning tarkibida xonning onasiga atab qurilgan “Modarixon maqbarasi” ham joylashgan. Tarixchi talabalar majmuadan chiqib, XIX asrning ikkinchi yarmi tarixiga oid “Xudoyorxon O‘rdasi” bilan tanishdilar. Ushbu yodgorlik XIX asrning ikkinchi yarmida Qo‘qon xoni Xudoyorxon topshirig‘iga binoan qurilgan. Xudoyorxon o‘rdasi sun’iy tepalikka baland g‘ishtin poydevorli qilib qurilgan. Ushbu obida xonning qarorgahi hisoblangan. Me’mor va muhandis Mir Ubaydulla loyihasi va rahbarligida bunyod etilgan. Ustalardan Mulla Suyarvul, Solixo‘ja va Buxorolik usta Fozilxo‘ja qatnashgan. Koshinlarini esa Rishtonlik kulol usta Abdulla mahorat bilan bajargan. O‘rda 1860-1870 yillar oralig‘ida qurib bitkazilgan. Chor Rossiyasi bosqini davrida ancha shikastlangan. Inshootda 1938-yilda qayta ta’mirlash  va loyihalash ishlari olib borilgan. 1974-yildagi keng ta’mirlash va loyihalash ishlari natijasida saroyning dastalbki holati tiklangan.

            Xullas, amaliy ekspeditsiya chog‘ida biz talabalar Qo‘qon xonligi tarixiga doir ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Qo‘qon shahrida tarixiy qadamjolar juda ko‘plab bunyod etilgan. Ulardan ayrimlarigina bizgacha saqlanib qolingan. Xudoyorxon O‘rdasi bilan tanishib bo‘lgach amaliyotchi talabalar Andijonga katta ta’surotlar bilan qaytdilar. Ushbu amaliy ekspeditsiya amaliyotchi talabalarga katta ilmiy ozuqa berdi. Chunki nazariy olingan bilimlarni talabalar amaliyotda o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar. Bu biz talabalar ongida bir umrga o‘chmas manba bo‘lib qolish shubxasizdir. Amaliy ekspediyalar davom etadi.

Behzodbek KARIMOV
Tarix fakulteti talabasi, “Andijon yoshlari” gazetasi muhbiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.