Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA INNOVATSION TA’LIM YO‘NALISHI
2018-06-28    4552

Yurtboshimiz tashabbusi bilan 2018 yilning “Innovatsion texnologiyalar va tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash yili” deb atalishi timsolida vatanimizning barcha sohalarida misli ko‘rilmagan yangiliklar kuzatilmoqda. Bunday tashabbusning xalqimiz tomonidan yuksak faxr va mas’uliyat bilan qabul qilingligini erishiliyotgan yutuqlarimiz yaqqol ifodalab turibdi.

Ta’lim sifatini xalqaro miqyosdagi yuqori darajaga ko‘tarilishi zarurligi to‘g‘risidagi yurtboshimizning ko‘rsatmalari vatanimizdagi barcha ta’lim tizimlarida innovatsion yechimlarni joriy etishni taqozo etadi. Hukumatimizning qarori bilan 2018-2019 o‘quv yilida Respublikada birinchi marta Andijon davlat universitetida yangi «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof muhit fizikasi» bo‘yicha magistratura mutaxassisligi joriy etilmoqda.

Yangi ochilgan mutaxassislikni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi hamda Yevropa Ittifoqining samarali hamkorligi natijasida “Erazmus+” dasturi doirasida Andijon davlat universitetida bajarilayotgan “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof muhit mutaxassisligi bo‘yicha magistratura dasturini ishlab chiqish” (RENES: Development of Master Programme in Renewable Energy Sources and Sustainable Environment 574055-EPP-1-2016-1-IT-RPPKA2-CBHE-JP) nomli xalqaro loyihaning innovatsion mahsuloti sifatida ko‘rish mumkin.   

Innovatsion mutaxassislik dasturini yaratishda Italiyaning Lakvilla universiteti (University of L’AQUILA), Germaniyaning Berlin texnika universiteti (Technische Universitaet Berlin), Shvetsiyaning Kungila texnika oliygohi (Kungliga Tekniska Hoegskolan), Bolgariyaning Kimyo texnologiyalari va metallurgiya universiteti (Chimiko Technologichen i Metalurgichen Universitete) kabi Yevropaning nufuzli oliygohlari hamda Vatanimizning Andijon davlat universiteti, Guliston davlat universiteti, Urganch davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish va ekplutatsiya qilish instituti kabi oliy ta’lim muassasalarining professor o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Yevropalik hamkorlarning magistrlar dasturlarlarini yaratish borasidagi tajribalariga va vatanimizda mavjud ilmiy salohiyatga tayangan xolda quyidagi fanlar bo‘yicha zamonaviy dasturlar ishlab chiqildi:

Mutaxassislik fanlari: “Energiya o‘zgartirish va uning samradorligi”, “Energetikaning ijtimoiy-iqtisodiy asoslari”, “Innovatsion texnologiyalar”, “Qayta tiklanuvchi energetika”, “Tadqiqot metodologiyasi”.

Tanlov fianlari: “Fundamental fotovoltaika”, Amaliy quyosh texnikasi”, “Fotovoltaik materiallar fizikasi, “uchinchi avlo quyosh elementlari”, “Fotovoltaik tizimlar elektrotexnikasi”, “Fotovoltaik materiallar optikasi i spektroskopiyasi”, “Fotovoltaik tizimlarni va quyosh elementlarini kompyuterda modellashtirish.

Ayrim tanlov fanlarini yevropalik yetakchi mutaxassislarni jalb qilgan tarzda ingliz tilida o‘qitilishi rejalashtirilgan. Xozirda mazkur mutaxassislik talabalariga xizmat qiluvchi universitetning “Fizika” kafedrasi negizida “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” o‘quv-ilmiy laboratoriyasini jixozlash ishlari amalga oshirilmoqda. Buning uchun yangi o‘quv yilining boshlanishigacha Ispaniyaning “Edibon”, Germaniyaning “LeXsolar” kompaniyalarida ishlab chiqilgan laboratoriya jixozlarini qabul qilish va ishga tushirish ishlari rejalashtirilgan. Laboratoriyada Oksforddagi mikroelektronika va nanoelektronikani rivojlantirish markazining “Synopsys” tizimi dasturida on-line tartibda ishlash imkoniyati yaratiladi. 

Yangi magistratura dasturiga «Fizika» bakalavr yo‘nalishini tamomlagan va kelajakda ilmiy tadqiqot va oliy pedagogik faoliyatga intiluvchi yoshlar taklif etiladi.

Mazkur mutaxassislikka qiziquvchilar uchun kontakt ma’lumotlari:

alievuz@umail.uz

www.adu.uz

www.reneseplus.uz

R.U.ALIEV
RENES loyihasi bo‘yicha milliy koordinator, texnika fanlari doktori, professor
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.