Andijon Davlat
Universiteti
LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O`ZBEK ALIFBOSINI KENG JORIY ETISH VA YANADA TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI
2018-06-11    5505

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Xalq ta`limi vazirligi, Adliya vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O`zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Alisher Navoiy nomidagi Toshhent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O`zbekiston Yoshlar Ittifoqi markaziy kengashi, Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi, Ijtimoiy fikrmarkazi

 

LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O`ZBEK ALIFBOSINI KENG JORIY ETISH VA YANADA TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

AXBOROT XATI

Sizlarni 2018-yi1 15-mayda tasdiqlangan “Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini keng joriy etish va yanada takomillashtirish bo`yicha Harakatlar rejasi” ning 2.6-bandi ijrosini ta`minlash maqsadida 2018-yil 22-oktabrda “Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini keng joriy etish va yanada takomillashtirish muammolari” mavzusida o`tkaziladigan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida qatnashishga taklif etamiz. Konferensiya 2018-yil 22-oktabr kuni soat 10.30 da Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetining 212-anjumanlar zalida ochiladi. Mavzu doirasidagi maqolalarni tashkiliy qo`mitaga yuborish mumkin. Ular mavzu doirasida bo`lishi, quyidagi texnik talablarga javob berishi lozim:

  • Matn formati: Microsoft Word, 1.5 interval, Times New Roman 14 kenglik(yozma va elektron variantda).
  • Mant formatining chegarasi: tepadan, pastdan, chapdan, o`ngdan – 2,5 sm.
  • Maqola mavzusi matnning tepa qismida, o`rtada bosh harflar bilan beriladi.

Keyingi qatorning o`ng tomonidan muallifning ism-sharifi va familiyasi yoziladi. Navbatdagi qatordan muallif tashkilotining to`liq nomi va telefon raqami hamda elektron pochtasi ko`rsatiladi. Adabiyotlar ro`yxati maqolaning yakunida keltirilishi lozim.

Maqolalarning elektron shaklini 2018-yilning 6-oktabriga qadar quyidagi manzilga yuborishingizni so`raymiz:

E-mail: prof.s.muhamedova@mail.ru

Telefon: (90) 318-53-26


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.