.jpg)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi PQ-4805-sonli hamda 2021-yil 19-martdagi PQ-5032-sonli qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Andijon davlat universiteti hamda Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining qo‘shma qaroriga asosan viloyat miqyosida umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Fizika”, “Kimyo”, “Biologiya” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari bo‘yicha ko‘p bosqichli fan olimpiadalarini o'tkazish belgilangan.
Bugun, 1-may kuni Andijon davlat universitetida viloyatning 48 ta umumta’lim maktabidan 160 nafardan ortiq iqtidorli o‘quvchilar ishtirokida “Fizika”, “Kimyo”, “Biologiya” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari bo‘yicha ko‘p bosqichli fan olimpiadasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Har bir fan yo‘nalishi bo‘yicha savollar zamonaviy o‘quv dasturlariga mos ravishda ishlab chiqilib, o‘quvchilarning nazariy bilimlari amaliy vazifalar orqali sinovdan o‘tkazildi. Imtihon jarayonlarining adolatli, shaffof va belgilangan tartib-qoidalarga muvofiq o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida, O‘quv-uslubiy boshqarma xodimlari tomonidan barcha bosqichlar doimiy ravishda nazorat ostida amalga oshirildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI