
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, Andijon media-ta’lim texnikumida Andijon davlat universiteti hamkorligida "Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Tadbir avvalida ishtirokchilar o‘rtasida maxsus so‘rovnomalar o‘tkazilib, ularning korrupsiyaga nisbatan munosabati, huquqiy bilim darajasi va fuqarolik pozitsiyasi o‘rganildi. Davra suhbatida Andijon davlat universitetining Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi katta o‘qituvchisi Xusanboy Umarov ishtirok etib, korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uni bartaraf etish yo‘llari hamda ushbu illatga qarshi kurashishda huquqiy ong va ma’naviy immunitetning o‘rni haqida atroflicha ma’ruza qildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI