
Andijon davlat universiteti huzuridagi falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/30.06.2020.Fal.60.04 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi majlisi 2025-yil 2-may juma kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.
Kun tartibi quyidagi masalalardan iborat.
1. Andijon davlat universiteti tadqiqotchisi Juraeva Mushtariy Muxaydinovnaning 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligidan “Yangi O'zbekiston sharoitida nogironligi bo'lgan shaxs va uning ijtimoiy tahlili" mavzusidagi falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya muhokamasi.
Ilmiy raxbar: Andijon davlat universiteti kafedra mudiri, f.f.d., professor Yunusova Manzura Pazlitdinovna.
Taqrizchilar:
1-taqrizchi: Andijon davlat universiteti kafedra professori, f.f.d., professor Qurbonova Lola Abdulxomidovna
2-taqrizchi: Namangan davlat pedagogika instituti kafedra professori, p.f.d., prof. Zamilova Rimma Ramilevna.
2. Namangan muhandislik-texnologiya instituti tadqiqotchisi Elmirov Kamol Ortikovichning 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligidan “Yoshlarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasida badiiy tafakkurning o'rni (ijtimoiy-falsafiy tahlil)” mavzusidagi falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya muhokamasi.
Ilmiy rahbar: Namangan muhandislik-texnologiya instituti professori, f.f.d., Mirzaxmedov Abdurashid Mamasidikovich.
Taqrizchilar: 1-taqrizchi: FarDU professori, f.f.d., professor. G'aniyev Bahodir Sodiqjonovich
2-taqrizchi: FarDU kafedra professori, f.f.d., professor. Muhammadjon Mamatov
3. Turli masalalar.
Ilmiy seminarning navbatdagi majlisiga barcha seminar a'zolari taklif etiladi.
Manzil: Andijon davlat universiteti ARM binosi 3-qavat 301-xona.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI