
Andijon viloyatida obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari doirasida yuzlab yangi bog'lar, yashil maydonlar va dam olish maskanlari barpo etilib, ekologik holatni yaxshilash va aholi uchun sog'lom, qulay yashash muhiti yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ushbu keng ko'lamli tashabbuslar viloyatning barcha hududlarida amalga oshirilmoqda va har bir jarayon mahalliy aholi tomonidan qo'llab-quvvatlanib, viloyatning umumiy obodligi, ekologik barqarorligi hamda aholi turmush darajasini oshirishga sezilarli hissa qo'shmoqda.
Mazkur obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari doirasida, Andijon davlat universiteti “Universal” sport majmuasida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, zamonaviy ekologik talablar asosida majmuani yanada obod manzilga aylantirish maqsadida 20 ming ta gul, 610 ta lola ko'chati, 100 tupdan ortiq manzarali daraxtlar ekildi. Shuningdek, majmuaning ishchi-xodimlari tomonidan oynalar, o'rindiqlar va maydonlarni tozalash ishlari amalga oshirildi. Bu tashabbuslar, ayniqsa, talabalar va mehmonlar uchun qulay, sog'lom muhit yaratishga xizmat qilmoqda.
Ekilgan gullar, manzarali o'simliklar va daraxtlar hudud yashilligini ta’minlashga yordam berdi. Bu o'zgarishlar nafaqat estetik kayfiyat beradi, balki, ekologik barqarorlikni ham ta'minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI