
Bugun, 17-mart kuni Andijon davlat universitetining talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba-yoshlarning darsdan tashqari bo'sh vaqtlarini tizimli tashkil etish va ularning turli to'garak mashg'ulotlariga jalb qilish hamda ularning muammo va takliflarini tinglash maqsadida kafedra kuni munosabati bilan Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o'qituvchilari barcha talabalar turar joyida bo'lib, uchrashuv va turli tadbirlar o‘tkazdilar.
Dastlab, 1-TTJda istiqomat qiluvchi talabalar bilan "Professor bilan uchrashuv" deb nomlangan davra suhbati o‘tkazildi. Unda kafedra professori, siyosiy fanlar doktori Kamoliddin Yunusov talabalar bilan ilmiy tadqiqot olib borishning ahamiyati, uning davlat va jamiyat rivojida tutgan o‘rni haqida talabalarga tushunchalar berdi, shuningdek, talabalar savollariga javob berdi.
Shundan so‘ng, 2-TTJda kafedra dotsentlari S.Mamajonov, Z.Hayitmatov, A.Badalovlar Tarix va Ijtimoiy iqtisodiyot fakultetlari talabalari bilan samimiy muloqot olib borib, ularning yashash sharoitlari, darsdan tashqari mashg‘ulotlarga bo‘lgan qiziqishlari va muammolarini tingladilar. Talabalar turar joyida mavjud sharoitlar, to‘garak mashg‘ulotlari va bo‘sh vaqtni samarali o‘tkazish imkoniyatlari muhokama qilindi. Bundan tashqari, kafedra dotsentlari Y.Jahongirov va A.Mamajonovlar 3-TTJda talabalar holidan xabar olib, osh musobaqasini tashkil qildilar.
Shundan so‘ng, 5-TTJda kafedraning katta o‘qituvchilari Sh.Xoshimjonov, O.Nurmatov hamda D.Komilovlar talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinini o‘tkazdilar. Unda Tabiiy fanlar, Filologiya va Axborot texnologiyalari fakultetlarining 6 ta jamoasi ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Tadbirlar so‘nggida, professor-o‘qituvchilar talabalarni ilm olishga, faollikni oshirishga va turli to‘garaklarga muntazam qatnashishga chorlab, o'qish jarayonidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI