
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 3/15-35-sonli topshirig‘iga muvofiq, Andijon davlat universitetida Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Sobirahon Toshpo'latova hamda universitet psixologi Otabek Muxtarovlar boshchiligida “Navro‘z qadriyatlar beshigi” haftaligi doirasida talaba-qizlarning ma’naviy bilimlarini boyitish va ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash maqsadida matematika va mexanika fakulteti talaba-qizlari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.
Dastlab, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi talaba-qizlarga milliy an'ana va urf-odatlarni hurmat qilish, ularni kelajak avlodlarga yetkazish, shuningdek, milliy qadriyatlarimiz, Navro‘z bayramining tarixiy ahamiyati va uning zamonaviy hayotdagi roli haqida ma'lumotlar berdi.
Suhbat davomida mas'ullar tomonidan Navro‘z bayramining nafaqat milliy qadriyatlarni yuksaltirish, balki yoshlarni yurtga, oilaga va jamiyatga mehr-oqibatli, hurmatli va mas'uliyatli bo‘lishga undashdagi o‘rnini alohida ta’kidlandi.
Davra suhbatida talaba-qizlar o‘z fikrlarini erkin ifodalash imkoniyatiga ega bo‘lib, milliy qadriyatlarimizni zamonaviy hayotga qanday moslashtirish kerakligi haqida o‘z qarashlarini bildirishdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI