Andijon Davlat
Universiteti
YANGI KOREYALIK HAMKORLARIMIZ
2018-06-09    5531

Joriy yilning 7 iyun sanasida Janubiy Koreyaning Keymyung universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori janob Kim Sung Vang va Osiyo mamlakatlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Boro Kim Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad Andijon davlat universiteti hamda Keymyung universiteti o‘rtasida fan, ta’lim, o‘quv, ilmiy innovatsion loyihalarni yaratish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.


Mehmonlarni ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor B.Rasulov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Hamraqulov hamda xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i F.Alimovlar universitetning asosiy binosi oldida kutib oldilar. Universitetning dutorchi qizlar ansabli mehmonlarga o‘zbek milliy kuy va qo‘shiqlarini ijro etdilar. Mehmonlarga universitet maketi va unda joylashgan barcha binolar haqida ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor B.Rasulov ma’lumot berdi. So‘ng mehmonlar ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Hamraqulov qabulida bo‘lib, u yerda ikki universitet o‘rtasida hamkorlik qilish imkoniyatlari, Keymyung universitetiga talabalarni qabul qilish tartiblari haqida ma’lumotlar almashinildi.


Keymyung universitetiga 1899 yilda asos solingan bo‘lib, hozirgi kunda bakalavriat yo‘nalishida 25 ming, magistratura/doktoranturada 1000 nafarni, xorijiy talabalar esa 1300 nafarni tashkil etadi. Hozirda Keymyung universitetida 70 nafar o‘zbek talabalari tahsil olmoqda.
Professor janob Kim Sung Vanni ta’kidlashicha, Janubiy Koreyada O‘zbekistonga qiziqish 1993 yildan boshlangan bo‘lib, 2011 yildan qiziqish yana ham ortdi. Hozirda Janubiy Koreya universitetlari Farg‘ona vodiysidagi ta’lim muassasalari bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatishga astoydil harakat qilmoqdalar.
Boro Kim Andijondagi bitiruvchi talabalarni Keymyung universitetiga o‘zlarini yo‘nalishidan kelib chiqqan holda magistraturaga qabul qilish bo‘yicha fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Jumladan, talabalarga 6 oylik koreys tili kursi universitet tomonidan bepul tashkil etilishi, shu bilan birga 1 yillik to‘lov kontraktining 50% chegirma sifatida taqdim etilishi aytib o‘tildi. Suhbat jarayonida talabalarga haftasiga 20 soat ish turlari tashkil etilishi, bu esa talabalarga kunlik harajatlarini qoplashga yordam bo‘lishini aytdi.


Uchrashuvning ikkinchi qismida mehmonlar universitetning tarix fakulteti binosida joylashgan koreys tili o‘quv kursida talabalar bilan uchrashdilar. Markazdagi talabalarning o‘z fikrlarini koreys tilida erkin va ravon bayon etishi mehmonlarda juda katta taassurot qoldirdi.
Janubiy Koreyaning Keymyung universitetida magistratura yoki koreys tilidagi o‘quv kurslarida tahsil olish istagida bo‘lgan talabalar hamda ilmiy-tadqiqotchilar universitetimizning xalqaro aloqalar bo‘limiga murojaat etishlari mumkin.

 

 

 

F.Alimov
Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.