Andijon Davlat
Universiteti
Universitetimizda o‘tkazilgan "Balli qizlar" ko‘rik-tanlovida iqtidorli talaba-qizlar o‘z iste’dodlarini namoyish etdilar
2025-03-06    191

Andijon davlat universitetida talaba-qizlarni milliy qadriyatlar, madaniyat va an’analarga hurmat ruhida tarbiyalash, ijodiy fikrlash va ijtimoiy faollikni oshirish, san’atga bo‘lgan muhabbatini rivojlantirish hamda liderlik qobiliyatlarini namoyon etish imkonini yaratish maqsadida fakultetlararo "Balli qizlar" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda ishtirok etgan talaba-qizlar jamoalari tanishtiruv, ijodiy chiqish, intellektual savol-javob, modellashtirish va did kabi shartlar asosida o‘z bilim va mahoratlarini sinab ko‘rishdi.

Tanlovda 6 ta nominatsiya bo‘yicha quyidagi talaba-qizlar taqdirlandi:

“Eng a’lo qiz” – Gran-pri nominatsiyasida IT injiniring fakulteti talabasi Isroiljonova Dilnavo hamda Tarix fakulteti talabasi Sirojiddinova Gulnigor;
“Eng zukko qiz” nominatsiyasida Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti talabasi Mahkamova Munavvarxon;
“Eng latofatli qiz” nominatsiyasida Tabiiy fanlar fakulteti talabasi G'ulomjonova Nozimaxon;
“Eng faol qiz” nominatsiyasida Filologiya fakulteti talabasi Mohidilxon Inomjonova;
“Eng bilimdon qiz” nominatsiyasida Fizika-texnika fakulteti talabasi Xosiyatxon Daminova;
“Eng ijodkor qiz” nominatsiyasida Matematika va mexanika fakulteti talabasi Adibaxon Asqaraliyeva;

G‘oliblar universitet rahbariyati tomonidan o‘zining yuksak mahoratlari va erishgan yutuqlari uchun diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.