Andijon Davlat
Universiteti
Barcha qulayliklarga ega Andijon davlat universitetining yangi oʻquv binosi foydalanishga topshirildi
2025-02-18    298

Andijon davlat universitetining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan umumiy qiymati 45 milliard 444 million soʻmga teng loyiha doirasida barpo etilgan barpo etilgan, zamonaviy arxitekturaga ega 1ming 800 oʻrinli yangi oʻquv binosi qurib bitkazildi.

Bugun, 18-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiya vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirokida Andijon davlat universiteti yangi oʻquv binosining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tantanali tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiya vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov soʻzga chiqib, yangi oʻquv binosining ochilishi viloyat taʼlim tizimining yangi bosqichga koʻtarilishiga xizmat qilishini taʼkidlashdi. Ushbu bino nafaqat Andijon davlat universitetining, balki viloyat taʼlim tizimini yanada yuksaltirishga, talabalarga yuqori sifatli taʼlim berish, innovatsion gʻoyalarni amalyotga tatbiq etish, malakali oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash yoʻlidagi muhim qadamlardan biri ekanligini alohida qayd etildi.

Ochilish marosimidan soʻng, tashrif buyurgan mehmonlar yangi oʻquv binosining imkoniyatlari bilan tanishib, ilmiy va amaliy darslar uchun barcha zarur jihozlar bilan taʼminlangan oʻquv auditoriyalar, fanlar laboratoriyalari talabalar uchun nafaqat bilim olish, balki innovatsion gʻoyalarni amalga oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, universitetda ilm-fan va taʼlim sohasida yangi yuksalishlarga erishish, yoshlarning bilim olishdagi samaradorligini oshirishda muhim rol oʻynashini aytib o'tishdi.

Yangi qurilgan 7 qavatdan iborat, 1 ming 800 oʻrinli zamonaviy oʻquv binoda 15 ta keng va qulay maʼruzalar zali, 24 ta yuqori sifatli laboratoriya, 17 ta oʻquv xonasi, shuningdek, 11 ta eng soʻnggi axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan kompyuter xonasi mavjud.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.