
Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida oʻrin tutadi.
Bugun, 8-fevral kuni Andijon davlat universitetida buyuk mutafakkir, adib va so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan "Alisher Navoiy va XXI asr" shiori ostida tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.
Bayram tadbirini viloyat hokimi o‘rinbosari Komiljon Sobirovich ochib berdi. O‘z nutqida, u Alisher Navoiy bobomizning adabiyot va ilm-fan sohasiga qo‘shgan ulkan hissasini, shuningdek, uning dunyoqarashi va ma'naviy merosining bugungi avlod uchun naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini alohida ta'kidladi.
Viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan ijro etilgan 'Alisher Navoiy va Husayn Bayqaro suhbat sahna ko‘rinishi tadbirning badiiy qismini bezab, tomoshabinlarga tarixiy va madaniy merosdan chuqur taassurot qoldirdi. Shundan so‘ng, maqomchilar ansamblining betakror kuy va qo‘shiqlari, shuningdek, Navoiy asarlaridan namunalar ijrosi madaniy tadbirni yanada boyitib, tomoshabinlarning e'tiboriga havola etildi.
Tadbir davomida so‘z olgan ma'ruzachilar Navoiy bobomizning nafaqat adabiyot, balki milliy madaniyatimiz, musiqamiz va san’atimiz rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasini yuqori baholab, uning boy adabiy merosi va xalqimiz ma'naviyatiga ta'sirini alohida ta'kidlashdi. Shuningdek, ular Navoiy asarlarida aks etgan insonparvarlik, axloqiy tamoyillar va tarbiyaviy qadriyatlarni batafsil tahlil qilib, bu go‘zal g‘oyalar bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini aytib o‘tdilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI