Andijon Davlat
Universiteti
Navoiy merosi: Andijon davlat universitetida ulug‘ mutafakkirning 584 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o'tkazildi
2025-02-07    718

Ulug‘ mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Andijon davlat universitetida katta tantanalar bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Filologiya fakulteti professori, filologiya fanlari doktori Abdulhay Sobirov tadbir avvalida mutafakkirning boy va betakror merosi, shuningdek, uning bugungi hayotimizdagi tutgan o‘rni haqida so‘z yuritib, Navoiy asarlarining tarbiyaviy ahamiyatini alohida ta'kidladi va ushbu ulkan merosni yangi avlodga yetkazish zarurligini ta’kidladi.

Bayramning badiiy qismida Navoiy merosidan durdona g‘azallar, uning ijodining eng go‘zal satrlari asosida kuylangan qo‘shiqlar guldastasi namoyish etildi va Navoiy hayotini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishi tadbir qatnashchilariga taqdim etildi.

Tadbir yakunida, faol ishtirok etgan tashkilotchilar hamda xalqaro tanlovda faxrli o'rinni egallagan "Lingva" jamoasi a'zolari va ularning ustozi Muhabbatxon Mullajonova universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.