.jpg)
Andijon davlat universitetida "Hamroh" nodavlat notijorat tashkiloti, Search for Common Ground— Umumiy manfaatlarni izlash Xalqaro notijorat Assosiatsiyasi hamkorligidagi Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan “Yoshstan: yoshlar yo‘nalishidagi fuqarolik jamiyati tashkilotlarining imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar dastlab, Shohjaxon Toxirov tomonidan taqdim etilgan “Mutaxassisdan so‘rang, huquqingizni biling” ruknidagi loyihaga bag‘ishlangan taqdimot bilan boshlandi. Ushbu loyiha doirasida xotin-qizlar va yoshlarning murojaatlari o‘rganilib, online so‘rovnomalar orqali eng dolzarb muammolar tahlil qilish hamda jamiyatda muammoli holatlarni yorituvchi ijtimoiy videoroliklar tayyorlash taklif etildi.
Tadbir davomida universitet psixologi Otabek Muxtarov tomonidan zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha samarali usullar va inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlariga bag'ishlangan “Jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va maishiy zo‘ravonlikka olib keluvchi omillar va ularni bartaraf etish choralari" mavzusidagi trening mashg‘uloti o'tkazildi.
Mazkur tadbir yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasini mustahkamlash hamda jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI